Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


-yili hokimiyatga kelgan Yelizaveta I


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

1558-yili hokimiyatga kelgan Yelizaveta I
o‘zining 45 yillik hukmronligi davrida Angliya-
ning jadal rivojlanishi, dunyoning yetakchi
davlatiga aylanishiga katta hissa qo‘shdi. Mam-
lakatda Reformatsiya o‘z nihoyasiga yetdi.
Davlat qudratli bo‘ldi, xo‘jalikni rivojlantirishda
va dengiz savdosida muvaffaqiyatlarga erishildi.
Angliya asta-sekin kuchli dengiz davlati –
«dengizlar malikasi»ga aylandi.
1603-yili Yelizaveta I ning o‘limi bilan tyu-
dorlar sulolasi yakun topdi. Shundan so‘ng
Angliya taxtiga styuartlar sulolasidan bo‘lgan
Yakov I o‘tirdi. Styuartlar shotlandiyalik edi. Uning davrida absolu-
tizmning inqirozi kuchaydi, burjua inqilobi uchun iqtisodiy, siyosiy
va g‘oyaviy asoslar shakllandi. Bularning barchasi 1640-yili bosh-
langan Angliya burjua inqilobiga muqaddima bo‘ldi.
Angliya burjua inqilobi arafasida. Yangi, kapitalistik muno-
sabatlarga asoslangan tartiblarning o‘rnatilishida ingliz burjua inqilobi
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu inqilob faqat Angliyada emas, butun
Yevropada kapitalistik munosabatlarning hukmron tartibga aylanishi-
ni boshlab berdi. Bu davrda faol tashqi siyosat natijasida bo‘lg‘usi
Britaniya mustamlakachilik imperiyasining asoslari yaratildi. Ameri-
kadagi birinchi mustamlaka – Virjiniyaga asos solindi. Fanda Frensis
Bekon, adabiyotda Uilyam Shekspir singari arboblarning nomlari
butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
Inqilobning sabablari. Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi va
Reformatsiya natijasida ingliz jamiyatida bo‘linish yuz berdi. Yangi
zodagonlar kapitalizm rivojlanishidan manfaatdor bo‘lsa, qirol va
amaldorlar eski tartiblarning saqlanib qolishini istardi. Shunday sha-
roitda styuartlarning yangi qirollik sulolasi ingliz parlamenti va pu-
ritanlik (kalvinistlar Angliyada shunday atalgan) cherkoviga qarshi
kurashga kirishib ketdi. Vujudga kelgan qarama-qarshiliklar inqilob-
ning asosiy sababiga aylandi.

1603-yilda ...

1640-yilda ...

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling