Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


-mavzu: G‘ARBIY YEVROPADA YANGI DAVR


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

4-mavzu: G‘ARBIY YEVROPADA YANGI DAVR
MADANIYAÒINING SHAKLLANISHI
Uyg‘onish davri madaniyati. Yangi davr boshlarida Yevropaning
ko‘pgina mamlakatlari misli ko‘rilmagan madaniy yuksalishni boshi-
dan kechirdi. Fan taraqqiyotidagi yutuqlar kishilarning olam haqi-
http://eduportal.uz


23
dagi tasavvurlarini o‘zgartirib yubordi, madaniy aloqalarni kengayti-
rishga imkon beradigan yangi ufqlar ochildi. Fan va san’atda ulkan
o‘zgarishlar yuz berdi. Olimlar, ijodkorlar ideal va namuna izlab Antik
davr madaniyatiga murojaat qildilar.
Ilgari fan va adabiyot tili bo‘lgan lotin tili o‘rniga italyan, ispan,
fransuz kabi xalq tillari rivojlandi. XVI asrda yashagan fransuz shoiri
bu jarayonni o‘z she’rida shunday ifoda etadi:
Men o‘tmishni o‘rganib, o‘zligimga yo‘l topdim,
Nutqim bo‘ldi tartibli, so‘zlarim ko‘p ma’nolik.
Men she’riyatdan tartib, musiqadan zavq topdim,
Rimlik va yunon kabi fransuz bo‘ldi buyuk.
Shu tariqa, XIV asrga kelib, avval unutib yuborilgan antik ma-
daniyat qayta tiklana boshladi va bu jarayon Renessans – Uyg‘onish
nomini oldi. Uyg‘onish Yangi davr bo‘sag‘asida turgan jamiyatning
ma’naviy yangilanishida katta rol o‘ynadi. Insonning bu dunyodagi
o‘z o‘rnini qayta anglashi, taqdirdan in’om kutib emas, faol yaratuv-
chi bo‘lib yashash hissi yangi industrial sivilizatsiyaning shakllanishi-
da asosiy omillardan biri bo‘ldi.
Gumanizm. Uyg‘onish davrida insonga nisbatan munosabatlarda
buyuk burilish yuz berdi. Odamlar hayotning quvonchlarini qadr-
lashga o‘rgandi, tabiatga, jamiyatga, insonga yangicha qaraydigan
bo‘ldilar. O‘rab turgan olamga ilohiy emas, dunyoviy, insoniy qarash
tarafdorlari gumanist (humanus – insoniy) deb ataldi. Gumanistlar
inson haqidagi O‘rta asrchilik tasavvurlarini rad etdi, ular har bir
shaxsning noyobligi va qadrini ko‘rsatishga urindilar. Bilim va erkin
fikr o‘ziga yo‘l ochib bordi. O‘rta asrlardagi ta’qib va cheklashlardan
so‘ng fan va san’at diniy taqiqdan chiqdi.
Gumanistlar dastlab cherkov tomonidan ta’qib qilindi, ularning
asarlari yondirildi. Ammo XVI asrga kelib, ko‘plab ruhoniylar va hatto
Rim papalari ham gumanizm g‘oyalari bilan qiziqib, gumanistlarga
o‘z fikrlarini erkin bayon qilish imkonini berdi.
Gumanizm XIV asr o‘rtalarida dastlab Ita-
liyada paydo bo‘ldi. Keyinroq boshqa mamla-
katlarda ham italyan gumanistlarining izdoshlari
va tarafdorlari ko‘paydi.
Angliyada ularning g‘oyalari dono siyosatchi
va qirolning birinchi vaziri Òomas Mor (1478–
1535)ga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U o‘z asarida

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling