Amir temur tajribali siyosatchi va buyuk davlat arbobi


Download 265 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi265 Kb.
#1608461
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
777 Amir Temur asror


O‘ZBЕКISТОN RЕSPUBLIКАSI
ОLIY VА O‘RТА МАХSUS ТА’LIМ VАZIRLIGI
FАRG‘ОNА DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI

O‘ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI
5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari bo‘yicha)
O‘ZBEKISTON DAVLATCHIK TARIXI
FANIDAN
“AMIR TEMUR TAJRIBALI SIYOSATCHI VA BUYUK DAVLAT ARBOBI” MAVZUSIDAGI
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: G.Suyarqulova

FARG‘ONA –


MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………..........…3-6 I BOB. XIV ASRNING 40-YILLARIDA CHIG‘ATOY ULUSIDAGI SIYOSIY AHVOL……………………………………………………7-18
I.2 Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma'naviyat sohibi.............15-18
I.1 Markazlashgan Amir Temur saltanatining tashkil topishi………… 7-14
II BOB. AMIR TEMURNING SIYOSIY ISLOHATLARI……..…19-20
II.1. Amir Temurning davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlari...............21-24
II.2. Temur tuzuklari. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni……25-30
XULOSA………………………………………………………………..31-32
FOYDALANILGAN MANBALAR va ABIYOTLAR………………33-34


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 28-dekabrda parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida “Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak”1 deb taʼkidlagandi. Bu bejiz aytilmadi, albatta.
Zero, xalqimiz, ayniqsa millatning kelajagi boʻlgan yoshlar buyuk ajdodlar tarixini qanchalar koʻp oʻrgansa, ularning hayoti va faoliyatidan ibrat va saboq olib yashasa, qalbida milliy gʻurur va iftixor tuygʻulari joʻsh urib, elu yurtga boʻlgan muhabbati yanada ortadi.
Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda esa, xalqimiz tarixida oʻtgan koʻplab buyuk siymolar qatorida, Sohibqiron Amir Temur qadriyatini oʻrganish ham muhim ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy ahamiyatga ega.
Maʼlumki, Amir Temurning qanday shaxs va davlat arbobi boʻlganligi, hamda uning ijtimoiy-siyosiy qarashlari, saltanat taraqqiyoti yoʻlida amalga oshirgan islohotlari borasida uning zamondoshlari ham, keyingi davr olimlari va siyosatchilari ham oʻz fikrlarini bayon etganlar.
Endi ana shu fikrlar tahlili bilan yaqindan tanishishni lozim deb topdik. Amir Temurning zamondoshi muarrih Hofizi Abru yozishicha: “...Hazrat Sohibqiron Amir Temurning humoyun va saodatli ayyomida Movarounnahr yer yuzi mamlakatlarining poytaxtiga aylandi. Jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar, muhandislar va hunarmandlar bu yerga oqib kelib, yashab ijod eta boshladi” . Aytib oʻtish joizki, azaldan olimu fuzalolar va hunarmand odamlar (ijodkor va bunyodkorlar ) ijod qilish uchun qayerda qulay sharoit boʻlsa, shu tomonga talpinib yashagan. Demoqchimizki, adolatli davlat boshqaruvchisi boʻlgan, tinchlik va osoyishtalik hukm surgan yurtlarda ijod qilgan, bunyod qilgan. Chunki, urush, zulm, jaholat bor joyda na ijod boʻladi na bunyodkorlik.
Shuningdek, Amir Temur davlatida esa, boshqa davrlardan farqli oʻlaroq barcha tabaqalarning haq-huquqlari va manfaatlari inobatga olinib, ularning hayoti uchun zarur ijtimoiy zamin vujudga keltirilgan. Har bir toifaning, yaʼni u xoh olim, xoh naqqosh, xoh shoir boʻladimi ularning haq-huquqlari, burch va majburiyatlari oʻziga xos qonun bilan kafolatlab qoʻyilgan. Ular saltanat gʻaznasidan moddiy ragʻbatlantirib turilgan.
Demak, Amir Temur davlatida, xususan uning poytaxti boʻlmish Samarqandda ijodkor insonlar yashashi va ijod qilishi uchun barcha moddiy-maishiy sharoitlar yaratilgan ekanki, jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar, muhandislar va hunarmandlar bu yerga oqib kela boshlagan.
Fransuz olimi Lyangle ham Amir Temurning ilm maʼrifat allomalariga, sohibi hunarmandlarga qanchalik hurmat bilan munosabatda boʻlganligi toʻgʻrisida shunday deydi: “Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini koʻrgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda isteʼdodli boʻlgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun koʻpincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Negaki, Temur bu sohalarga gʻamxoʻrlik qilishga asosiy eʼtiborini berardi”.
Bundan tashqari, Sohibqiron davlat va jamiyat boshqaruvidagi faoliyatini ilm ahlining maʼnaviy koʻmagiga tayangan holda olib borgan. U olimu ulamolarga yuksak ishonch bildirib, qudratli davlat barpo etishda ularning beqiyos oʻrni borligini alohida taʼkidlab oʻtgan. Amir Temur hazratlari qaysi mamlakatni fath etsa, shu yerlik ijodkor ahlini izlab toptirib, ularni ham moddiy, ham maʼnaviy tomondan qoʻllab- quvvatlagan. Izzat- hurmatini oʻz oʻrniga qoʻygan. “Temur tuzuklari”da bu borada shunday deyiladi: “Sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil va dono kishilar, muhaddislar va tarixshunoslarni sara va eʼtiborli kishilar deb hisoblab, hurmat-izzatlarini oʻrniga qoʻydim... Olimlar bilan suhbatda boʻldim va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpinib yashadim”.
Darhaqiqat, biz yashagan zamin Sohibqiron Amir Temur davrida ham, bugungi kunda ham ham koʻpchilikning havasini keltirayotgani rost. Eng asosiysi, raiyat deb atalmish xalq rozi boʻlgan. Shuning uchun ham Amir Temur hukmronligi davrida xalq tinch, osoyishta va farovon turmush kechirgan.
Xoʻsh, xalq uchun, inson uchun bundan ortiq baxt bormi dunyoda?
Shuning uchun ham uning tasarrufida boʻlgan biror-bir mamlakatda Sohibqiron siyosatiga qarshi raiyat tomonidan norozilik harakati boʻlmagan. Biz tarixiy manbalarga murojaat qilib, hech qanaqa maʼlumot ololmadik.
Bu nimadan dalolat beradi?
Bu Sohibqironning doimo xalq gʻamida, uning manfaati yoʻlida faoliyat yurgizganligidan, raiyat ahvolidan doimo xabardor boʻlganidan dalolat beradi.
“Temur tuzuklari”da yozilganidek: “Raiyat ahvolidan ogoh boʻldim. Ulugʻlarini ota qatorida, kichiklarini farzand oʻrnida koʻrdim. Har yerning tabiati, har el-yurt va shaharning rasmu odatlari va mizojidan voqif boʻlib turdim. Har bir yurt va shahar aholisining ulugʻlari bilan doʻst tutindim. Ularning mizojlari va tabiatiga toʻgʻri kelgan, oʻzlari tilagan odamlarini ularga hokim qilib tayinladim”.
Maʼlumki, saxovatpeshalik, mehr-muruvvatlilik, fuqaroning turmushi va hol ahvolidan xabardor boʻlish faqat buyuk davlat arboblariga xos boʻlgan fazilatdir. Amir Temur hazratlariga xos boʻlgan ushbu fazilat bugungi kunda mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosatda oʻz aksini topmoqda.
Darhaqiqat, davlat rahbari yordam va koʻmakka muhtoj insonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslik, ijtimoiy hayotda mehr-muruvvat, saxovat va oʻzaro yordam masalalariga alohida ahamiyat berib kelmoqda.
Albatta, amalga oshirilayotgan bu ezgu ishlarning pirovard maqsadi xalqni rozi qilishga, uning ogʻirini yengil qilishga qaratilgan. Buni quyidagi soʻzlardan ham anglab olish mumkin: “Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham shu xalq. Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak, odamlarimiz bilan. Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak, avvalo xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi boʻladi. Xalq rozi boʻlsa, ishimizda unum va baraka boʻladi. Xalq bizdan rozi boʻlsa, Yaratgan ham bizdan rozi boʻladi”.
Xulosa qilib aytganda, Sohibqiron Amir Temur hazratlari milliy davlatchiligimiz tarixida nafaqat yetti iqlim sultoni sifatida, balki yurt obodonchiligi va xalq farovonligi yoʻlida bor kuch-gʻayratini safarbar etgan buyuk davlat arbobi sifatida qoladi.

Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling