Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Yangi davrda Yevropa shaharlari. Shaharlarning rivojlanishi har
doim ularning geografik joylashuviga bog‘liq bo‘lgan. Yevropaliklar
tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi
muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shahar-
larning jadal rivojlanishiga olib keldi. Dastlab Portugaliyaning Lissa-
bon va Ispaniyaning Sevilya shaharlari jadal rivojlandi. Bu shaharlarga
Hindistondan tovarlar, Amerikadan qimmatbaho metallar ko‘plab kel-
tirilar edi. Yangi savdo yo‘llaridan chetda qolgan Italiya shaharlari,
aksincha, o‘zlarining avvalgi ahamiyatini yo‘qotdi.

Manufaktura – ...

Yangi zodagonlar – bu ...

XVI asrning ikkinchi yarmidan ...
http://eduportal.uz


17
XVI asrning ikkinchi yarmidan Yevropaning savdo chorrahalari
Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chdi. Bu yerda asosiy savdo markazi
Niderland qirolligining Antverpen shahri bo‘lib qoldi. Ammo Antver-
pen ham tezda o‘z mavqeyini yo‘qotdi. Angliyaning jadal iqtisodiy
taraqqiyoti uning poytaxti London shahrini Yevropaning asosiy savdo
markaziga aylantirdi. Òemza daryosi bo‘yida joylashgan London juda
tez rivojlandi, shaharda yangi portlar, ishchilar uchun ko‘pqavatli
uylar, savdo rastalari va istirohat bog‘lari paydo bo‘ldi.
O‘rta asrlardayoq Yevropaning eng yirik shahriga aylangan Parij
ham rivojlanishda davom etdi. U G‘arbiy Yevropadagi eng katta mar-
kazlashgan davlat – Fransiyaning poytaxtiga aylandi. Ammo XVI asr-
dagi diniy urushlar va vabo epidemiyasida o‘n minglab parijliklar
vafot etdi, shaharning rivojlanishi sekinlashdi.
Yangi davrda fan, texnika va sanoatning rivojlanishi G‘arbiy
Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirib
yubordi. Yangicha iqtisod va kapitalistik munosabatlar shakllandi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling