Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

tizimi shakllandi. Zabt etish jarayonida mahalliy aholining bir qismi
qirilib ketdi, qadimgi sivilizatsiyalarning ko‘plab o‘choqlari yo‘q qi-
lindi, mustamlaka mamlakatlar xalqlari shakllanayotgan kapitalistik
munosabatlarga zo‘rlik bilan jalb qilindi va o‘z mehnati bilan Yev-
ropada kapitalizm rivojlanishi jarayonini tezlashtirdi. Shu tariqa ular
yangi industrial sivilizatsiya shakllanishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Buyuk geografik kashfiyotlarning eng salbiy oqibatlaridan biri qul
savdosining xalqaro miqyosda rivojlanishi bo‘ldi.
Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli yevropaliklarning Yer yuzi
va uning aholisi to‘g‘risidagi tasavvurlari to‘liq o‘zgardi. Amerika,
Osiyo va Afrikada Yevropa davlatlarining mustamlakalari paydo
bo‘lib, asta-sekin jahon mustamlaka tizimi shakllandi.
Karavella – XV–XVII asrlarda Yevropada keng tarqalgan yelkanli kema.
Ekspeditsiya – maxsus belgilangan maqsad bilan uyushtiriladigan sayohat.
Burjuaziya – kapitalistik jamiyatda mehnat qurollari va ishlab chiqarish
vositalariga egalik qiluvchi va ulardan daromad oluvchi hukmron sinf.
1. Hindistonga g‘arbdan yo‘l ochish nima uchun zaruratga aylanib qoldi?
2. Amerikaning kashf etilishi yevropaliklar hayotida qanday o‘zgarishlarga olib keldi?
3. Amerikaning tub aholisi madaniyati haqida nimalarni bilasiz?
4. Buyuk geografik kashfiyotlar Amerikaning tub aholisi taqdirida qanday rol o‘y-
nadi
?
Xarita bilan ishlashga doir topshiriq
Matnda keltirilgan xarita bilan tanishing va Buyuk geografik kashfiyotlarni
amalga oshirgan davlatlarni o‘zlashtirilgan yoki «yangi ochilgan» hududlar bilan
muvofiqlashtiring.
«Buyuk geografik kashfiyotlar natijalari shundaki, ...» mavzusida esse yozing.
n.ziyouz.com saytidan Jyul Vernning «O‘n besh yoshli kapitan», «Yer markaziga
sayohat» asarlarini ko‘chirib oling va o‘qing. Mustaqil ravishda «Dengiz sayohatining
afzalliklari shundaki, ...» mazmunida esse yozing.
Mavzuga aloqador «Kolumb» yoki Jyul Vernning «O‘n besh yoshli kapitan» asari
asosida ishlangan badiiy filmlarni ko‘ring va xulosa chiqaring.
http://eduportal.uz


13

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling