Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlari


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlari. Atlantika okeani
bo‘ylab suzishni portugaliyaliklar boshlab berdi. Portugaliya Yevropa-
ning eng g‘arbiy qismida joylashgan, Atlantika okeani bilan chega-
radosh mamlakat. Shu holat va uzoq dengizchilik tajribasi portuga-
liyaliklarga Buyuk geografik kashfiyotlarda yetakchilik qilish imkonini
berdi.
Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlardagi muvaffaqiyatlari
shahzoda Genrix Dengizchi nomi bilan bog‘liq. Bu jasur dengizchi
boshlab bergan yangi yerlarni kashf etish va o‘zlashtirish jarayoni
Portugaliyaga katta shuhrat va boylik keltirdi. Portugaliyaliklar Afrika
qirg‘oqlari bo‘ylab suzib, XV asrda Madeyra, Kanar va Azor orollarini
kashf etdilar. XV asr oxirida Bartolomeu Diash boshchiligidagi ekspe-
ditsiya Afrika janubidagi burunni aylanib o‘tdi va Hind okeaniga chiq-
di. Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishiga umid qilgan dengiz-
chilar bu burunga Yaxshi Umid burni deb nom berdilar. Garchi ular
shu yerdan ortga qaytgan bo‘lishsa-da, B. Diashning kashfiyoti Afri-
kani aylanib o‘tib, Hindistonga dengiz orqali yo‘l ochish istiqbolini
yaratdi.
Ayni paytda Afrikada yangi yerlarning kashf etilishi bu qit’aning
uzoq yillar yevropaliklar tomonidan talanishi, Afrika aholisining qul
qilinib, Yevropa va Amerikaga sotilishi jarayonini boshlab berdi.
Karavella
http://eduportal.uz


9
Amerikaning kashf etilishi. Portugaliyalik dengiz sayyohlarining
muvaffaqiyatlari qo‘shni ispanlarda ham bu ishga katta qiziqish uy-
g‘otdi. Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurdan kelib chiqqan
dengiz sayyohi Xristofor Kolumb Ispaniya qiroliga Atlantika okeani
bo‘ylab g‘arbga qarab suzib, dengiz orqali Hindistonga yo‘l ochishni
taklif qildi. Ammo bunday tavakkalchilikka rozi bo‘ladigan dengiz-
chilarni topish va sayohatni moliyalashtirish juda qiyin bo‘ldi. Ni-
hoyat, X. Kolumb boshchiligida tashkil qilingan ispan ekspeditsiyasi
uchta tezyurar yelkanli kemada yo‘lga chiqib, 1492-yil 12-oktabrda
Bagama orollari tarkibiga kiruvchi bir orolga yetib keldi va uni «San-
Salvador» («Muqaddas xaloskor») deb atadi. Shu tariqa Amerika
qit’asi kashf etildi. Shundan so‘ng X. Kolumb yana uchta ekspeditsiya
uyushtirib, ular davomida Antil orollari, Janubiy va Markaziy Ame-
rika qirg‘oqlarini kashf etdi. U o‘zi kashf etgan yerlarning Hindiston
ekanligiga ishonchi komil edi. Shu sababli bu yerlarning aholisini

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling