Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Yevropa sanoat inqilobi davrida
http://eduportal.uz


6
tida, sanoat inqilobi agrar sivilizatsiyadan sanoat ishlab chiqarishi va
industrial sivilizatsiyaga o‘tish uchun asos yaratdi. Bu davrda sanoatda
yuz bergan jarayonlar natijasida mashinalar ishlab chiqarishdan qo‘l
mehnatini siqib chiqardi, manufakturalar fabrikalarga o‘z o‘rnini bo‘-
shatib berdi.
Yangi davr Yevropa xalqlari tarixida ularning turmush tarzini,
jamiyatning ma’naviy asoslarini bir necha bor o‘zgartirib yuborgan
inqiloblar davri edi. Shuningdek, mustamlakachilik asoratiga tushgan
Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tarixida Yangi davr mustaqillik va
ozodlik uchun to‘xtovsiz kurashlar davri ham bo‘ldi. Bu davr
Yevropada millatlarning va mutlaq monarxiya ko‘rinishidagi milliy
davlatlarning shakllanish davri edi. Yuz berayotgan har bir o‘zgarishda
shakllanayotgan yangicha dunyoqarashning ta’siri sezilib turardi. Eng
avvalo, butun O‘rta asrlarda hukmronlik qilib kelgan insonni aqliy,
ma’naviy kamsitishga va jismoniy cheklashga asoslangan dunyoqarash
o‘rniga yangi, gumanistik dunyoqarash shakllana boshladi. Bu dunyo-
qarash shakllanayotgan yangi, industrial sivilizatsiyaning ma’naviy
asosi bo‘ldi.
Ammo Yangi davrda industrial sivilizatsiya shakllanishi uchun za-
rur bo‘lgan sharoit faqat Yevropa mamlakatlarida vujudga keldi.
Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadagi ko‘pchilik mamlakatlar XIX asr
boshlarida ham qoloq, agrar jamiyat darajasida qolayotgan edi.
Yangi davrda yuz bergan juda katta o‘zgarishlar butun dunyo
miqyosida ilg‘or ishlab chiqarish usullarining tarqalishiga, odam-
lar hayot tarzining keskin yaxshilanishiga, industrial sivilizatsiya
qadriyatlarining qaror topishiga olib keldi. Yangi davr oxiriga ke-
lib, dunyo xaritasi o‘zining asosiy jihatlari bilan zamonaviy ko‘ri-

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling