Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

nishga ega bo‘ldi.
Kapitalistik jamiyat – xususiy mulkning asosini sanoat korxonalari tashkil
etadigan, shuningdek, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va yuqori sanoat ishlab chiqa-
rishiga asoslangan jamiyat.
Industrial sivilizatsiya – bu iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan,
jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari,
diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr.
1. Insoniyat tarixining qaysi davri agrar sivilizatsiya deb ataladi?
2. Yangi tarix qanday xarakterli jihatlari bilan O‘rta asrlardan farq qiladi?
3. Qanday jamiyat kapitalistik jamiyat deb ataladi?
4. Qanday tarixiy davr industrial sivilizatsiya deb ataladi?
http://eduportal.uz


7
I BOB. YEVROPADA YANGI DAVRNING
SHAKLLANISHI
1-mavzu: BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOÒLAR VA
ULARNING ÒARIXIY AHAMIYAÒI
Geografik kashfiyotlarning sabablari. XV–XVII asrlarda yevropalik
sayyohlar tomonidan Afrika, Amerika, Osiyo va Okeaniyaga dengiz
yo‘llarining ochilishi va bu hududlarda yangi yerlarning kashf etilishi
tarixda Buyuk geografik kashfiyotlar nomini olgan.
O‘rta asrlarda insoniyat tomonidan kashf qilingan qanday muhim kashfiyotlarni
bilasiz?
Bu davrda fan va texnika taraqqiyotida yevropaliklar erishgan
yutuqlar ularga yangi yerlarni ochish va o‘zlashtirish imkonini berdi.
XV asr oxiriga kelib, okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, sha-
molga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella yaratildi, ke-
malarni boshqarish asboblari va san’ati ancha rivojlandi. Karavellalar
Atlantika okeanidan xavfsiz suzib o‘ta oladigan ilk kemalar edi. Endi
http://eduportal.uz


8
takomillashgan kompas, usturlob va dengiz xaritalariga ega bo‘lgan
tajribali dengiz sayyohlari bu kemalarda uzoq masofalarga suzish im-
koniyatiga ega bo‘ldi.
Buyuk geografik kashfiyotlar uchun shu
davrda shakllangan Yerning dumaloqligi to‘g‘-
risidagi tasavvurlar va Atlantika okeanidan suzib
o‘tib, afsonaviy boy hisoblangan Hindistonga
dengiz yo‘lini ochish g‘oyasi katta turtki bo‘ldi.
Osiyoga yevropaliklar tomonidan O‘rtayer den-
gizi orqali o‘zlashtirilgan savdo yo‘llari XV asrda
Vizantiya imperiyasi qulagandan so‘ng Usmo-
niylar davlati tomonidan yopib qo‘yildi. Nati-
j a d a , Y e v r o p a S h a r q d a n k e l a d i g a n m a t o l a r ,
bo‘yoqlar, zeb-ziynat buyumlari, shirinliklar va
ziravorlardan ayrilib qoldi. Bu hol yevropaliklarni
yangi savdo yo‘llarini izlashga majbur qildi. Sav-
dogarlar bu mahsulotlarni Yevropaga olib kelib
sotishdan katta boylik orttirishga umid qilardilar.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling