Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Yangi davr boshlarida Yevropa bozorlaridan biri


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Yangi davr boshlarida Yevropa bozorlaridan biri

Aksionerlik kompaniyalari – bu ...

Aksiya ...

Birja – bu ...
Dehqonlar O‘rta asrlardagi uch dalali ekishdan ko‘p dalali ekishga
o‘tdi. Natijada, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi oshib,
sotish uchun mahsulot ko‘paydi. Bug‘doyni yanchish, shaxtadan suv
chiqarish uchun suv charxpalagi va shamol tegirmonidan keng foy-
http://eduportal.uz


15
dalanish boshlandi. Òokarlik, to‘quvchilik va boshqa eng oddiy dast-
gohlar yaratildi.
G‘arbiy Yevropada savdo va texnikaning rivojlanishi natijasida
hamma o‘z kapitalini ko‘paytirishga kirishdi. Masalan, shahardagi
eng boy to‘quvchi yoki savdogar turli yo‘llar bilan hunarmand to‘quv-
chilarni kasodga uchratadi. Shundan so‘ng ularning iplarini, bo‘yoq-
larini, to‘quv dastgohlarini arzonga sotib olib, o‘zini ishga taklif qila-
di. Bitta katta bino ostida ko‘plab hunarmandlar yig‘ilib, ularning har
biri bitta ish, masalan, kimdir matoni to‘qish, boshqasi uni bo‘yash
kabi ishlar bilan shug‘ullanadi. Bu mehnat unumdorligini keskin oshi-
rib, mahsulot sifatini yaxshilaydi. Ishlab chiqarishda mashinalar hali
qo‘llanilmagan katta korxonalar manufaktura deb ataladi. Manufak-
tura – qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish degan ma’noni
anglatadi.
Manufakturada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning hammasi
uning egasiga tegishli bo‘lardi. U mahsulotni bozorda sotib, foy-
daning bir qismini yollanma ishchilarga ish haqi tarzida berardi.
Shu tariqa G‘arbiy Yevropada kapitalistik munosabatlar shakllana
boshladi. Kapitalistik munosabatlarning shakllanishi bozor sharoi-
tida mayda tovar ishlab chiqarilishi rivojlanishining qonuniy natijasi
bo‘ldi. U asta-sekin O‘rta asrchilik feodal munosabatlarini siqib chi-
qardi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling