Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Parlament islohoti. Qirol armiyasining tor-mor qilinishi parla-
mentga muhim o‘zgartirishlar qilish imkoniyatini berdi. Zodagon yer
egalari taxt foydasiga to‘lanadigan feodal soliqlardan ozod qilindi.
Yer ularning xususiy mulkiga aylandi. Savdogarlar endi savdo yuri-
tishga ruxsatnoma sotib olmaydigan bo‘ldi. Cherkov parlamentga
bo‘ysundirildi, qirol, uning tarafdorlari va yepiskoplarning yerlari esa
musodara qilindi.
1640-yilda chaqirilgan parlament uzoq vaqt tarqatilmaganligi uchun «Uzoq
muddatli parlament» nomi bilan tarixga kirdi.
1643-yilning oxiriga kelib, Angliya hududining to‘rtdan uch qismi qirol
hukmronligi ostida edi.
Oliver Kromvel
http://eduportal.uz


32
Inqilobning yakunlanishi. Angliyaning konstitutsion monarxiyaga
aylanishi. Parlamentning qarori bilan Angliyada qirollik hokimiyati va
lordlar palatasi bekor qilindi. 1649-yili 19-may kuni Angliya Res-
publika deb e’lon qilindi.
Bu paytga kelib, O. Kromvel boshchiligidagi inqilobiy armiya
Irlandiyani bo‘ysundirish uchun bu yerga bostirib kirdi. Bosqin jara-
yonida Irlandiya aholisining katta qismi halok bo‘ldi. O. Kromvelning
inqilobiy armiyasi shu tarzda bosqinchi armiyaga aylandi. Bu armiya
Irlandiyadan so‘ng Shotlandiyaga ham bostirib kirdi. Shiddatli jang-
lardan so‘ng mag‘lub bo‘lgan Shotlandiyaning mustaqilligi tugatildi.
Shundan so‘ng eski parlament tarqatib yuborildi. Mamlakatda
O. Kromvel protektorati (protektor – homiy, himoyachi) o‘rnatildi.
Ijro hokimiyati to‘liq protektor qo‘liga o‘tdi.
1688-yilgi «Sharafli inqilob». Kromvelning o‘limidan so‘ng
1660-yili taxtga kelgan Karl II mutlaq hukmronlikka bo‘lgan da’vo-
sidan voz kechmadi. Uning vorisi Yakov II esa katolik dinini qayta
tiklash uchun harakat boshladi. Shundan so‘ng 1688-yili parlament
Yakov II ni taxtdan mahrum qildi va Angliya taxtiga Gollandiya
hukmdori shahzoda Villem van Oranyeni taklif etdi. U parlament
qo‘ygan talablar asosida taxtga o‘tirdi. Shu davrdan boshlab, eng mu-
him masalalarni qirol emas, parlament hal qiladigan bo‘ldi. Qirol
hokimiyati parlament tomonidan cheklandi. Shu tariqa Angliyada

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling