Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


cheklangan yoki konstitutsion monarxiya


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

cheklangan yoki konstitutsion monarxiya o‘rnatildi. Bu Angliya ta-
rixida «Sharafli inqilob» nomini oldi.

1643-yilning oxiri ...

Jon Lilbern faoliyati ...

1649-yili 19-may ...

1688-yili ...
Angliya burjua inqilobining natijalari va tarixiy ahamiyati. Angliya
burjua inqilobi absolutizmni yo‘q qildi. Inqilob feodal mulkchilikka
zarba berdi, ammo tugallanmay qoldi, chunki dehqonlarni yerning
to‘liq egalariga aylantirmadi va ularni feodal qaramlikdan ozod
qilmadi.
Shunday bo‘lsa-da, inqilob Angliyada kapitalistik munosabatlar-
ning keyingi rivojida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu inqilob
natijasida qishloq xo‘jaligida ham kapitalistik munosabatlar tez rivoj-
lana boshladi, sanoat to‘ntarishi boshlandi.
Jamiyatda ham o‘zgarish ro‘y berdi – sanoat burjuaziyasi va ish-
chilar sinfi rivojlana bordi.
http://eduportal.uz


33
XVIII asrda Angliya. XVIII asrda hokimiyat to‘laligicha ikki pala-
ta – lordlar palatasi va jamoa palatasidan iborat parlament qo‘li-
da edi.
1707-yili parlament Angliya bilan Shotlandiya o‘rtasidagi uniya
(ittifoq)ni qonuniylashtirdi. Endi mamlakat Buyuk Britaniya deb atala
boshlandi.
1714-yili Angliya taxtida turgan oranyelar sulolasining oxirgi
vakili vafot etdi. 1701-yili qabul qilingan «Taxt vorisligi to‘g‘risida
bill»ga asoslanib, parlament gannoverlik nemis knyazlari sulolasidan,
Yakov I ning ajdodi Georg I ni Angliya taxtiga taklif qiladi. Ganno-
verliklar protestantlar edi va ingliz taxtini XVIII asrdan e’tiboran, to
XIX asr boshlarigacha egallab turdilar. Butun XVIII asr davomida
Buyuk Britaniya Fransiya bilan bo‘lgan shiddatli kurashlar jarayonida
Shimoliy Amerikani, Hindistonni, Afrikadagi ko‘plab hududlarni
egallab oldi va shu tariqa Buyuk Britaniya mustamlakachilik im-
periyasiga asos soldi. Angliya «dengizlar hukmroni»ga aylandi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling