Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


bosqinlar sharoitida sivilizatsiyaning asoslarini saqlab qolish imko-


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

bosqinlar sharoitida sivilizatsiyaning asoslarini saqlab qolish imko-
nini bergan bo‘lsa, boshqa tomondan, uning rivojlanish sur’atlarini
sekinlashtirdi, fan va texnika sohasidagi yangiliklarni tatbiq etish-
ga, ijtimoiy hayot va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi
usullarini joriy qilishga to‘sqinlik qildi.
Ekstensiv – rivojlanishda sifat o‘zgarishlariga emas, faqat son jihatdan ko‘-
payishga va tezkor natijalarga yo‘naltirilgan o‘sish.
1. Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasining o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat edi?
2. Yaponiya sivilizatsiyasining o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat edi?
3. Hind sivilizatsiyasining boshqalardan farqli tomonlari nimalardan iborat edi?
4. Islom sivilizatsiyasining boshqalardan farqli tomonlari nimalardan iborat edi?
Ijodiy ish topshirig‘i
Ò-texnologiyasi asosida xitoy-konfutsiylik, yaponiya, hind, islom sivilizatsiya-
larining umumiy va farqli jihatlarini daftaringizga yozing.
Xaritadan foydalanib, xitoy-konfutsiylik, yaponiya, hind, islom sivilizatsiyalarining
joylashuv o‘rnini toping.
14-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA XIÒOY
Siyosiy hayot. XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida Xitoyda min
sulolasi siyosatidan norozilik kuchaydi. Mamlakatda islohotlar taraf-
dori bo‘lgan kuchlar shakllandi. Davlat boshqaruvini isloh qilish,
mamlakatni boshqarishda bevosita imperatorning rolini oshirish, shu-
ningdek, iqtisodiy o‘zgarishlar samaradorligini va ishlab chiqarayot-
http://eduportal.uz


70
gan mahsulotlarining sifatini oshirish uchun davlat manufakturalari
va ustaxonalarini xususiylashtirish, dehqonlarning yerlarini tortib
olishni to‘xtatish, soliqqa tortish tizimini tartibga solish kabilar mu-
him o‘rin tutardi.
Xitoyda yer egaligi munosabatlari qachon shakllana boshladi?
XVII asr boshlarida islohotchilar Pekinda hokimiyatni egallashga
erishdi va amalda o‘z dasturidagi talablarni hayotga tatbiq etishga
urindilar. Ammo saroy asilzodalarining qarshiligi tufayli islohotchilar
hokimiyatdan chetlatilib, ko‘pchiligi qatag‘on qilindi. Davlat xazina-
sini o‘marish, dehqonlar yerlarini tortib olish, soliqlar va shaxsiy
majburiyatlarni oshirish davom etaverdi. Xitoyning xalqaro ahvoli
ham tobora yomonlashib bordi.
Biroq minlar hokimiyati uchun hukmron tuzumga qarshi tobora
yirik miqyosdagi urushga aylanib borayotgan dehqonlar qo‘zg‘o-
lonlari, ayniqsa, xavfli edi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling