Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Chin (sin) sulolasi hukmronligi. XVI asr oxirida Amur daryosidan
janubda manjur qabilalarining ittifoqi paydo bo‘ldi. Manjurlar o‘z
davlatini tuzib, qo‘shni Mo‘g‘ulistonni bo‘ysundirdi. 1636-yili man-
jurlar sardori Abaxay o‘zini xon, yangi davlatni esa Chin (ya’ni «sof»,
«toza») deb atadi.
Chinlar Xitoyni egallash uchun uzoq kurash olib bordi. Shu davrda
Xitoyda xalq qo‘zg‘olonlarining avj olishi va bir guruh qo‘zg‘olonchi-
larning Pekinni egallashi ham chinlarga yordam berdi. 1644-yili
Pekinga kirib kelgan manjurlar hukmdori Shunchji Xitoy imperatori
deb e’lon qilindi. Chinlar Xitoydagi dehqonlar qo‘zg‘olonini bostirdi.
Mahalliy vatanparvarlarning Nankin shahrida chinlarga qarshi yagona
front tuzish uchun urinishi ham muvaffaqiyat qozonmadi. Keyingi bir
necha yil davomida chinlarga qarshi bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlar ham
qo‘shinlar tomonidan shafqatsiz bostirildi.
Chinlarning butun Xitoy hududini egallashi oson kechmadi. Har bir
shahar qattiq janglar bilan olindi. Uzoq davom etgan urushlardan
so‘ng Òayvan ham egallab olindi va Xitoy hududi to‘liq bo‘ysundirildi.
Manjurlarning chin sulolasi Xitoyda 1911-yilgacha hukmronlik qildi.
Chinlar XVII–XVIII asrlarda o‘zlarining bosqinchilik siyosatini da-
vom ettirdi. Koreya, G‘arbiy va Shimoliy Mo‘g‘uliston, Vyetnam,
Qashqar bo‘ysundirildi, Birma ham chinlarga vassallikni tan oldi.
http://eduportal.uz


71
Iqtisodiy hayot. XVI asr boshlariga kelib, Xitoyda agrar soha rivoj-
lanishning ancha yuqori darajasiga erishgan bo‘lib, u mamlakat iqti-
sodida muhim o‘rin tutardi. Ish qurollari oddiy bo‘lsa-da, dehqonlar
aholining asosiy oziq-ovqati bo‘lgan sholidan yuqori hosil olardi.
Ular yangi texnologiyalar, masalan, sholi ekishning uyali usulini,
sifatli urug‘ tayyorlash kabilarni joriy qilgandi. Xitoy dehqonlari sho-
lidan tashqari, paxta yetishtirishda ham katta yutuqlarni qo‘lga kirit-
dilar.
Xitoyda yerga egalik qilishning ikkita asosiy turi – davlat va xu-
susiy yer egaligi mavjud edi. Ammo xususiy yerlar XVI asr davomida
kamayib bordi. Dehqonlarning yerlari asta-sekin katta yer egalari,
sudxo‘rlar va amaldorlarning qo‘llariga o‘tdi. Yerlarning katta qismi
bevosita imperatorning mulkiga aylandi.
Dehqonlar yerlarni ijaraga olib, ekin ekardi. Ijara haqi hosilning
50 foizini tashkil etardi va bu dehqonlarni holdan toydirib, ularning
noroziligiga sabab bo‘lardi. Bu davrda soliqlar ham doimiy oshib bor-
di. Ular natural holda sholi bilan olinar va faqat XVI asrdan soliqlar
kumush tanga bilan to‘lana boshlandi. Bu qiyinchiliklar bir qator deh-
qonlar qo‘zg‘olonlariga olib kelib, ular butun imperiya hududini qam-
rab oldi.
Shaharlarda aholi soni qishloqqa nisbatan ancha kam edi. Shahar-
liklar, asosan, hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanardi. Gazla-
ma ishlab chiqarishda o‘z davri uchun ancha mukammal bo‘lgan dast-
gohlar, shu jumladan, suv bilan aylantiriluvchi qurilmalar ham qo‘lla-
nilardi.
Binolar qurilishida ko‘tarish moslama (kran)lariga o‘xshash quril-
malardan foydalanilardi. O‘sha paytlardan saqlanib qolgan binolar
bugungi kunda ham o‘zining mukammalligi va mahobati bilan kishini
hayratga soladi. Yirik va mustahkam kemalar qura oladigan xitoylik
kemasozlar ham texnik yutuqlarga erishgan edi.
Xitoy texnik taraqqiyotda G‘arbdan tobora ortda qolib ketayotgan
bo‘lsa-da, to XVIII asrning oxirigacha u iqtisodiy jihatdan dunyoning
eng qudratli davlatlaridan biri bo‘lib qoldi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling