Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Shunday qilib, chin sulolasi davrida Xitoy o‘z qudratining


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Shunday qilib, chin sulolasi davrida Xitoy o‘z qudratining
cho‘qqisiga erishdi. XVIII asr oxiriga kelib, G‘arb davlatlari Xitoy-
ga suqilib kirish va uni mustamlakaga aylantirish rejasini amalga
oshira boshlagan bo‘lsalar-da, Xitoy Osiyoning eng katta va
qudratli davlati bo‘lib qolayotgan edi. Ammo iqtisodiy va siyosiy
qoloqlik oqibatida Xitoy G‘arb davlatlarining yarimmus-
tamlakasiga aylandi.
Peyzaj san’ati – tasviriy san’atda tabiatni aks ettirish janri.
1. Manjurlar sardori Abaxay faoliyati haqida nimalar bilasiz?
2. Xitoyning XVII–XVIII asrlardagi bosqinchilik siyosati haqida nimalarni bilib
oldingiz?
3. XVIII asrning 70-yillarida Rossiya – Xitoy munosabatlarining o‘ziga xos
tomonlari nimalardan iborat edi?
4. XVI–XVIII asrlarda Xitoy madaniyati rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari ni-
malardan iborat edi?
Ijodiy ish topshirig‘i
Konseptual jadval asosida XVI–XVIII asrlarda Xitoy rivojlanishining o‘ziga xos
jihatlarini tahlil qiling.
Xaritadan foydalanib, XVI–XVIII asrlardagi Xitoy chegaralariga aniqliklar kiriting.
15-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA HINDISTON
Boburiylar imperiyasiga asos solinishi. XVI asrda Hindiston siyosiy
tarqoqlik holatida bo‘lib, o‘zaro ichki nizo va urushlar mamlakatni
holdan toydirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik
http://eduportal.uz


74
bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur
vaziyatdan foydalanishga qaror qildi va Hindistonni egallash uchun
harbiy yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sul-
tonligida afg‘onlarning lo‘diylar sulolasidan bo‘lgan Ibrohim Lo‘di
hukmronlik qilardi.
U 1526-yil 21-aprelda Bobur qo‘shiniga qarshi bo‘lgan Panipat
jangida mag‘lubiyatga uchrab, halok bo‘ldi.
O‘rta asrlarda Hindistonda qaysi sulolalar hukm surgan?
Dehli sultonligida Bobur taxtga keldi va boburiylar sulolasiga asos
soldi. Bobur 1530-yili vafot etgunga qadar Hindistonda hukmronlik
qildi. Boburning vasiyatiga ko‘ra, taxtga uning katta o‘g‘li Humoyun
o‘tirdi. Ammo Humoyunga qarshi birlashgan mahalliy zodagonlar
1540-yili uni taxtdan ag‘darishdi. Jangda mag‘lub bo‘lgan Humoyun
Eron shohi Òaxmasp I saroyidan panoh topdi. Hindistonda taxtni
afg‘onlarning sur qabilasi sardori Sherxon egallab oldi. Humoyun
uzoq kurashlardan so‘ng 1555-yili Dehlini qaytarib oldi, ammo ko‘p
o‘tmay vafot etdi. Òaxtga Humoyunning o‘g‘li Akbar keldi. U Bobur
vorislari orasida eng mashhuri, buyuk islohotchi sifatida nom qol-
dirgan. Bu shoh Hindiston tarixida «Buyuk Akbar» nomi bilan ataladi.
Akbar 1556–1605-yillarda Hindistonni boshqardi. U ham harbiy, ham
diplomatik usullar yordamida barcha musulmon beklari va hind roja-
larini o‘ziga bo‘ysundirdi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling