Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Madaniyat va san’at. Boburiylar davrida Hindiston fani, mada-
niyati va san’ati rivojlanishning yangi cho‘qqilarini zabt etdi. Hindis-
tonda matematika, tibbiyot kabi fanlar o‘sha davr Yevropa fanidan
ancha oldinlab ketdi. Adabiyotda ham yuksalish davri boshlandi.
Akbarshoh saroyida hind adabiyotining «Mahabharata», «Ramayana»
kabi mashhur asarlari tarjima qilindi. Sharq xalqlarining buyuk shoiri,
ulug‘ mutafakkir olimi Mirzo Abdulqodir Bedil ham shu davrda
Hindistonda ijod qildi.
Bu davr ijodkorlari orasida ikki buyuk hind shoiri – Òulsidas va
Surdas ajralib turadi. Òulsidas «Ramayana» sujetlari asosida «Rama-
http://eduportal.uz


77
XVIII asrda Hindiston
ning jasoratlari» nomli juda katta poema yaratdi. Rivoyat qilishla-
richa, tug‘ma ko‘r bo‘lgan Surdas Krishnaning hayoti haqidagi yor-
qin poemalar muallifi edi.
Boburiylar davri arxitekturasi mahobati, bezaklarning boyligi, mu-
sulmon me’morchiligi va hind saroy arxitekturasi an’analarining
(1724-yildan)
http://eduportal.uz


78
uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Bu davrda bunyod etilgan me’moriy
obidalarning eng mashhuri, jahon me’morchilik san’atining noyob
durdonalaridan biri Òojmahal mavzoleyidir. Uni Shoh Jahon o‘zining
sevimli xotini Mumtoz Mahalga bag‘ishlab qurdirgan.
Shunday qilib, boburiylar davrida o‘z taraqqiyotining yangi bos-
qichini boshdan kechirgan Hindiston XVIII asrdan e’tiboran, ingliz-
lar mustamlakasiga aylana boshladi.
Mamlakatdagi iqtisodiy tushkunlik, siyosiy parokandalik va
o‘zaro urushlar inglizlarning Hindistonni bosib olishi uchun im-
koniyat yaratdi.
1. Hindistonda Boburiylar imperiyasi qay tariqa o‘rnatildi?
2. Akbarshoh va Avrangzebning imperiyada yuritgan siyosatini taqqoslang, ularning
o‘xshash va farqli tomonlarini toping.
3. Boburiylar imperiyasi zaiflashuvi boshlanishiga sabab bo‘lgan omillarni qayd
eting.
4. Qanday omillar yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishi uchun imkon
yaratdi?

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling