Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Imperiya inqirozining boshlanishi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Imperiya inqirozining boshlanishi. Akbarshoh vorislarining siyosati
imperiyaning iqtisodiy ahvolini og‘irlashtirdi. Davlat xazinasiga tu-
shumlar kamayib ketdi. Bunday holatda imperiyadan ajralib chiqish,
ayirmachilik kayfiyati kuchaydi. Natijada, Boburiylar imperiyasi in-
qirozga yuz tuta boshladi. Bunday holat, ayniqsa, Shoh Jahonning
o‘g‘li Avrangzeb Olamgir hukmronlik qilgan yillarda (1658–1707) avji-
ga chiqdi. O‘zaro qonli to‘qnashuvlar oqibatida taxtga kelgan Av-
Buyuk Akbar
http://eduportal.uz


76
rangzeb parchalanayotgan imperiyani saqlab qolishning yo‘li sifatida
islom dini qoidalarini qat’iy joriy qilishga kirishdi. Musulmon bo‘l-
maganlardan olinadigan jizya solig‘ini qayta tikladi, hindlar uchun
qolgan barcha soliqlarni ikki hissaga oshirdi, ularga o‘z bayramlarini
nishonlashni taqiqladi, hind ibodatxonalarini buzib tashlashni buyur-
di. Oqibatda, mamlakat bo‘ylab xalq qo‘zg‘olonlari boshlanib ketdi.
XVIII asr boshlariga kelib, imperiya parchalana boshladi. Ar-
miya o‘zining avvalgi qudratini yo‘qotdi, mahalliy hukmdorlarning
mustaqilligi oshdi. Shunday holatda Hindistonga avval eronliklar,
so‘ngra afg‘onlar bostirib kirib, mamlakatni taladi. Boburiy hukm-
dorlarning hokimiyati tobora zaiflashib bordi. Mamlakat feodal tar-
qoqlikka qaytib, yevropaliklarning kirib kelishi uchun qulay sharoit
yaratildi.

1658–1707-yillarda ...
Yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishi. Yevropa davlatlarining
maqsadi Hindistonning ulkan boyliklariga, unumdor yerlariga ega
bo‘lish edi. Boburiylar imperiyasining inqirozi tufayli Yevropa hukm-
dorlari o‘z maqsadlarini amalga oshirishga kirishdi. Chunonchi,
1757-yili Buyuk Britaniya Bengaliyani bosib oldi. Bu boy hudud
Buyuk Britaniyaning keyingi bosqinchilik rejalarini amalga oshirishda
tayanch vazifasini o‘tadi. Shu tariqa Buyuk Britaniyaning Hindistonni
asta-sekin o‘z mustamlakasiga aylantirish davri boshlandi. Bu jara-
yonda Buyuk Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi juda katta rol
o‘ynadi. XVIII asr oxirlariga kelib, o‘zining barcha raqiblarini yeng-
gan Ost-Indiya kompaniyasi tarqoq va zaif Hindistonni bo‘ysun-
dirishda yetakchilik qildi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling