Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Òojmahal http://eduportal.uz 79 Ijodiy ish topshirig‘i


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Òojmahal
http://eduportal.uz


79
Ijodiy ish topshirig‘i
«Boburnoma» va «Humoyunnoma» asarlaridan foydalanib, «Boburiylar
sulolasining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi shundan iboratki, ...» mavzusida
esse yozing.
Internet vositasida Hindistonda boburiylar davriga virtual sayohat uyushtiring va
mavzuda o‘rganilgan materiallar asosida tarixiy voqelikni tahlil qiling.
16-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA YAPONIYA
VA KOREYA
Yaponiya Uzoq Sharqda, Òinch okeani orollarida joylashgan
bo‘lib, uni «Kunchiqar mamlakat» deb atashadi.
Yaponiyada yer egaligi munosabatlari qachon uzil-kesil shakllangan?
O‘rta asrlar davomida Xitoy Yaponiya taraqqiyotiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi. Bu ta’sir, ayniqsa, min sulolasi hukmronligi davrida Xitoy
madaniyati, rassomchiligi, adabiyoti, me’morchilik san’ati, falsafasi
va harbiy sohasida sezilarli bo‘ldi.
Siyosiy tizim. XVI–XVIII asrlarda Yaponiya aholisi toifalarga bo‘-
lingan bo‘lib, viloyatlarni feodallar – daymyolar nazorat qilar, ular-
ning qo‘lida dvoryan – samuraylar xizmat qilardi. Mamlakat tepasida
rasman imperator tursa-da, siyosiy hokimiyat
amalda harbiy hukmdor – syogun qo‘lida edi.
Bu davrdagi eng muhim siyosiy voqea bu-
tun Yaponiyaning markazlashgan yagona dav-
latga birlashishi bo‘ldi.
Mamlakatni birlashtirishda uch mashhur
tarixiy shaxs: Oda Nobunaga, Òoyotomi
Xideyosi va Òokugava Ieyasuning xizmatlari
beqiyos bo‘ldi. Ular birgalikda jangovar armiya
tuzib, mamlakatni fuqarolar urushi girdobidan
olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Ulardan Òo-
kugava Ieyasu 1603-yili syogun unvonini qabul
qildi va Edo (hozirgi Òokio) shahrini poytaxt
qilib, uchinchi syogunlikka asos soldi. Bu
davlat Òokugava syogunligi deb ataldi. Òoku-
Òokugava Ieyasu
http://eduportal.uz


80
gavalar Yaponiyani birlashtirish ishini yakunlab, uni 1867-yilgacha
boshqardi. Mamlakatda tokugava sulolasining mutlaq hokimiyati
o‘rnatildi. Biroq bu sulola nomiga bo‘lsa-da, imperator hokimiyati
daxlsizligini saqlab qoldi. Chunki yapon xalqi uchun imperator Xudo-
ning avlodi hisoblanardi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling