Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Kabuki teatri aktyorlari
shartnomasiga ko‘ra, Koreya Xitoyning yordamidan va u bilan itti-
foqchilik munosabatlaridan voz kechishi kerak edi.
Manjur qo‘shinlari Koreyaga yangi hujum boshladi. Manjurlar
Seulni egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Noiloj qolgan Koreya taslim
bo‘ldi. 1637-yilgi yangi shartnomaga ko‘ra, Koreya qiroli o‘zini man-
jurlarning vassali deb tan oldi. Koreys hukumati minlar sulolasi bilan
har qanday munosabatlarni to‘xtatish va manjurlarga Xitoyga qarshi
urushda yordam berish, har yili o‘lpon to‘lab turish majburiyatini
oldi. Manjurlarga to‘lanadigan ulkan o‘lpon xonavayron aholiga og‘ir
yuk bo‘ldi va Koreyaning ahvolini yanada og‘irlashtirdi.
Ijtimoiy taraqqiyot. Og‘ir iqtisodiy va siyosiy inqiroz Koreya
hukmdorlarini mamlakatda islohotlar o‘tkazishga majbur qildi. Aho-
lining ilg‘or qatlami ham hukumatni shunga undayotgan edi. Feodal
munosabatlarning to‘siq bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatda mahalliy
bozorlar shakllandi, yarmarka va yirik savdo markazlari paydo bo‘ldi,
Xitoy va Yaponiya bilan savdo aloqalari kengaydi.
Qirol Yongjo (1725–1776) davrida mamlakatni rivojlantirish maq-
sadida islohot o‘tkazildi. Òo‘g‘onlar, suv omborlari qurildi, ochar-
chilik holati uchun maxsus don omborlari tashkil qilindi. Shuningdek,
guruchdan spirtli ichimliklar tayyorlash man etildi va ba’zi bir davlat
soliqlari bekor qilindi yoki kamaytirildi. So‘roq qilish paytida qiy-
noqning eng og‘ir turlari (oyoqlarni sin-
dirish) taqiqlandi. Qirol Yongjo davrida deh-
qonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaram-
ligini bekor qilish va qul ayolning nevarasi
ozod inson bo‘lishi haqida deklaratsiya e’lon
qilindi. Zaiflashayotgan feodal tuzumni mus-
tahkamlashga bo‘lgan bu urinishlar 1785-yili
tuzilgan «Qonunlarning buyuk to‘plami» deb
nomlangan hujjatda o‘z ifodasini topdi. Bi-
roq katta yer egalari va amaldorlar hukm-
ronligini mustahkamlash maqsadida qilingan
bu kabi qisman yon berishlar, mamlakatdagi
butun feodal tuzumining chuqur inqirozini
to‘xtata olmadi. Mamlakat kuchli davlatlar-
ning mustamlakachilik hududiga aylanib
bordi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling