Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

1758-yili zend qabilasi g‘alabasi bilan tugadi. Bu qabila vakillari
1796-yilgacha hukmronlik qildilar. 1796-yili esa hokimiyatni qojarlar
egallab oldi.
1722-yilda afg‘onlar o‘z yetakchisi Mir Mahmud boshchiligida zaiflashib
qolgan Eronga hujum qildi.
Abbos I davrida Safaviylar davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi.
Nodir Quli 1747-yili o‘zaro ichki nizolar natijasida o‘ldirildi.
Shu tariqa Eronda yangi sulola – qojarlar sulolasi hukmronligi
o‘rnatildi. Mamlakat poytaxti Òehron shahriga ko‘chirildi. Qojarlar
rahnomasi Og‘a Muhammad o‘zini shahanshoh deb e’lon qildi. Yangi
sulola Eronda 1925-yilgacha hukmronlikni davom ettirdi.
http://eduportal.uz


91
Adabiyot, san’at va me’morchilik. XVI–
XVII asrlarda ham Eronning qadimiy madaniy
an’analari davom ettirildi. Ayniqsa, shaharsoz-
lik, amaliy san’at va she’riyatda an’analar da-
vomiyligi saqlanib qoldi. Bu davrda shoirlar
Xatoiy (Ismoil I Safaviy), Sodiqbek Afshar,
Soib Òabriziy, kurd mumtoz adabiyotining yor-
qin namoyandasi Ahmad Hasaniy, kurd shoiri
Mirza Shafiq va boshqalar unumli ijod qildi.
Òasviriy san’at va me’morchilik yuqori da-
rajaga ko‘tarildi. Ajoyib saroylar, madrasa va
masjidlar qurildi. Bular qatorida Isfahonda
bunyod etilgan Shoh masjidi, Shayx Lutfulla
masjidi, Ali Kapa va Chexel Sotun saroy an-
sambllari o‘zining nafisligi va mahobati bilan ajralib turadi.
Bu davr Eron miniaturasi jahon mumtoz badiiy san’atining eng
yuksak namunalaridan hisoblanadi. Isfahon bu san’at turining mar-
kaziga aylandi. Miniatura san’atining rivojlanishiga Hirotdagi Behzod
maktabi katta ta’sir ko‘rsatdi.
XVIII asrda ham madaniy an’analar davom ettirildi. Ammo mam-
lakatdagi iqtisodiy tushkunlik va siyosiy parokandalik adabiyot va
san’atda ham o‘z aksini topdi. Bundan tashqari, yevropaliklarning
kirib kela boshlashi ham azaliy an’analarga ta’sir etmasdan qolmadi.
Bozor talabidan kelib chiqib, gilam va boshqa amaliy san’at buyum-
larini ishlab chiqarishga e’tibor kuchaydi. Bu esa Eron madaniya-
tining keyingi asrlardagi taraqqiyot yo‘nalishini belgilab berdi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling