Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Shoh Abbos I
http://eduportal.uz


90
Afg‘onlar istilosi. Iqtisodiy inqiroz, o‘z navbatida, aholining turli
tabaqalari orasida noroziliklarni keltirib chiqardi. Ayni paytda yirik
yer-mulk egalarining markaziy hokimiyatga bo‘ysunmasligi va bosib
olingan o‘lka xalqlarining ozodlik uchun kurashi avj oldi.
Chunonchi, 1722-yili afg‘onlar o‘z yetakchisi Mir Mahmud bosh-
chiligida zaiflashib qolgan Eronga hujum qildi. Eron shohi Sulton
Husayn hokimiyatni Mir Mahmudga topshirishga majbur bo‘ldi. Shu
tariqa Eron tarixida afg‘onlarga qaramlik davri boshlandi.
Nodirshohning hokimiyat tepasiga kelishi. Bu davrda safaviylar
sulolasi hukmronligi nomiga bo‘lsa-da, hamon davom etardi. So‘nggi
hukmdor Òaxmasp II amalda hech qanday hokimiyatga ega emas edi.
Buning ustiga, unda xalqni turk va afg‘on bosqinchilariga qarshi ku-
rashga chorlay oladigan qobiliyat ham yo‘q edi. Shunday sharoitda
Eronda shijoatkor, katta lashkarboshilik qobiliyatiga ega Nodir Quli
kurash maydoniga chiqdi. U afg‘on qo‘shinini butunlay tor-mor etib,
Eronni afg‘on qaramligidan ozod etdi. Nodir Quli Safaviylar davla-
tining tarkibiga kiruvchi barcha hududlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatib,
1736-yili barcha qabilalar asilzodalarining qurultoyida o‘zini Eron
shohi Nodirshoh deb e’lon qilishga erishdi. Shu tariqa safaviylar
sulolasi hukmronligi butunlay barham topdi.
Nodirshoh katta bosqinchilik urushlari natijasida ulkan imperiya
tuzdi. Biroq u 1747-yili o‘zaro ichki nizolar natijasida o‘ldirildi.
Qojarlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. Nodirshoh haloka-
tidan keyin imperiya bir necha qismlarga bo‘linib ketdi. Eronda turli
qabilalar o‘rtasida taxt uchun kurash avj oldi. Bu kurashda asosiy
rolni zend va qojar qabilalari o‘ynadi. Ular o‘rtasidagi kurash

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling