Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Shoh Abbos I hukmronligi davri. Abbos I davri (1587–1629)da eng
yirik yer-mulk egalarining mustaqilligi tugatilib, Safaviylar davlati o‘z
http://eduportal.uz


89
qudratining cho‘qqisiga erishdi. Bu yer-
mulk egalari bir vaqtlar safaviylarga katta
yordam bergan, buning evaziga keyingi
shohlar davrida juda katta-katta hududlarga
mustaqil egalik qilib kelishardi. Ular amalda
bu mustaqil hududlarning xonlari edilar.
Abbos I mamlakat poytaxtini Òabriz
shahridan Isfahonga ko‘chirdi. Mamlakat
soliq tizimida tartib o‘rnatdi va soliqlar miq-
dori kamaytirildi. Savdo-sotiq va hunar-
mandchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor
berdi. Yangi-yangi karvonsaroylar va savdo
yo‘llari qurildi. Savdo karvonlari qaroqchi-
larga qarshi shafqatsiz kurashdi. Òashqi siyo-
satda keng ko‘lamli savdo-sotiq yo‘lga
qo‘yildi. Bu esa Eronning ichki va tashqi
savdosi o‘sishiga olib keldi. Yangi-yangi sug‘orish inshootlari ham
bunyod etildi. Bundan tashqari, Abbos I muntazam qo‘shin ham barpo
etdi.
Iqtisodiy tanazzulning boshlanishi. XVIII asrdan boshlab Safaviylar
davlatida iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bunga yer egaligining tiyul
shakli miqdorining ko‘payib borganligi oqibatida davlatga qarashli
yer hajmining va davlat xazinasiga tushadigan daromadning ka-
mayishi sabab bo‘ldi.
Buning oldini olish uchun keyingi hukmdorlar dehqonlar to‘-
laydigan soliq miqdorini oshirdilar. Natijada, dehqon xo‘jaliklari xo-
navayron bo‘ldi, savdogar va hunarmandlarning ahvoli yomonlashdi,
jon solig‘i (jizya) miqdori ham oshirildi.
Pirovardida, dehqonlar uchun yerni ijaraga olib tirikchilik qi-
lishdan manfaat qolmadi. Dehqonlarning tirikchilik ilinjida boshqa
joylarga ketishdan o‘zga ilojlari yo‘q edi. Biroq shoh Sulton Husayn
bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun 1710-yili dehqonlarning yerni tashlab
ketishlarini taqiqlovchi farmon chiqardi.
Dehqon xo‘jaligining xonavayron bo‘lishi ichki savdoning keskin
kamayishiga olib keldi.
 
XV asr oxirida Eron ...
 
1502-yili ...

1710-yili ...

Abbos I davri ...

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling