Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

dunyodagi ilk temiryo‘l qurildi. Bu hodisa mamlakatning turli minta-
7 – Jahon tarixi
http://eduportal.uz


98
qalarini bir-biri bilan tutashtirdi hamda yuk
tashishning arzonlashuvini ta’minladi. Ayni
paytda ichki bozor kengaydi.
Oqibatda, zavod va fabrika egalari ko‘p-
roq mahsulot ishlab chiqara boshladilar.
Òemiryo‘l qurilishining boshlanishi, o‘z
navbatida, cho‘yan, temir va po‘latga bo‘lgan
ehtiyojni oshirib yubordi. Sanoatning yangi
tarmog‘i – parovozsozlik paydo bo‘ldi. Bu esa
qudratli savdo va harbiy dengiz floti tuzishga imkon yaratdi.
XIX asr insoniyat tarixiga bug‘ mashinalarining qo‘llanilishi asri
bo‘lib kirdi. Mamlakat hayotidagi bu o‘zgarishlar Buyuk Britaniya-
ning «dengizlar hukmdori» mavqeyini yanada mustahkamladi. Shu
davrda qishloq xo‘jaligida ham mashinalar va kimyoviy o‘g‘itlardan
foydalanish boshlandi. Katta-katta sanoat korxonalarini qurish davom
etdi. Òemiryo‘llar va yirik sanoat korxonalari qurilishi katta mablag‘
talab etardi. Bu esa tijorat banklarining qudratini yanada oshirdi.
Ular endi xalqaro miqyosda ham faoliyat ko‘rsata boshladilar.
Mamlakatda sanoat ishlab chiqarishining konsentratsiyalashuvi
ro‘y berdi. Jahon tarixida birinchi marta mamlakat iqtisodiyotida
yetakchilik qishloq xo‘jaligidan sanoatga o‘tdi. Buyuk Britaniya
dunyoning birinchi sanoatlashgan mamlakatiga aylandi.
Sanoat to‘ntarishining tugallanishi. XIX asrning 40-yillariga kelib,
sanoatning gurkirab rivojlanishi va ilm-fan taraqqiyoti yangi bir ho-
disa – sanoat to‘ntarishining tugallanishiga olib keldi.
Sanoat to‘ntarishining tugallanishi deyilganda, bir mashina yorda-
mida boshqa mashinaning yaratilishi boshlanganligi tushuniladi.
Buyuk Britaniyada bu hodisa XIX asrning 40-yillarida yuz berdi. Sa-
noatda bug‘ mashinasi asosiy kuch bo‘lib qoldi. Òoshko‘mir yoqil-
g‘ining eng muhim turiga aylandi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling