Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


qilobning asosiy maqsadi Germaniyaning siyosiy tarqoqligiga bar-


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

qilobning asosiy maqsadi Germaniyaning siyosiy tarqoqligiga bar-
ham berish va feodal tartiblarni tugatish edi. Inqilobga bur-
juaziyaning konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori bo‘lgan mo‘tadil
qismi rahbarlik qildi.
O‘rta asrlarda Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi qachon bosh-
langan?
1848-yilgi inqilob. Yevropaning boshqa davlatlarida 1847-yili yuz
bergan iqtisodiy inqiroz Germaniyani ham chetlab o‘tmadi. Bu inqi-
http://eduportal.uz


108
roz ishsizlikning ko‘payishiga, ish haqining pasayishiga olib keldi.
Barcha tovarlar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko‘-
tarilib ketdi. Oqibatda, och qolgan aholi ko‘chaga chiqdi. Fransiyada
boshlangan 1848-yilgi fevral inqilobi ta’sirida Berlinda qo‘zg‘olon
boshlandi. Berlin ko‘chalari barrikadalar bilan qamrab olindi. Òun
bo‘yi shiddatli ko‘cha janglari davom etdi. Shunday sharoitda Prussiya
qiroli murosa yo‘lini izlashga majbur bo‘ldi va Millat majlisi (parla-
ment)ga saylov belgilashga hamda konstitutsiya ishlab chiqishga va’da
berdi. Siyosiy vaziyatning, biroz bo‘lsa-da, yumshashiga erishgan qirol
hokimiyati inqilobni bostirishga erishdi, biroq inqilob butunlay izsiz
ketmadi.
1848-yili Prussiya qirolligida konstitutsiya joriy etilishining o‘zi
katta siyosiy voqea bo‘ldi.
Italiyaning birlashtirilishi. 1861-yili Bir-
lashgan Italiya qirolligi tashkil etildi. Kapita-
lizmni yanada rivojlantirish zarurati mamlakat-
ning birlashuvini nihoyasiga yetkazishni taqozo
etardi. Busiz Italiya Yevropada o‘z o‘rniga ega
bo‘lgan davlatga aylana olmas edi. Òil va ma-
daniyat birligi Italiyani yagona davlatga bir-
lashtirish imkonini berdi. Bosh vazir Kamillo
Kavur uzoqni ko‘ra oluvchi siyosatchi, mo‘tadil
islohotlar va konstitutsiyaviy monarxiya ta-
rafdori edi.
K. Kavur Avstriya zulmiga qarshi kurashda
Fransiya bilan shartnoma tuzishga erishdi.
Avstriya qo‘shini mag‘lubiyatga uchratilib, u bilan sulh tuzildi. Biroq
Sitsiliya va Neapol qirolligi Italiya siyosiy tarqoqligining tayanchi
bo‘lib qolayotgan edi.
Italiyani birlashtirishning qizg‘in tarafdori, xalq qahramoni

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling