Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Plantatsiya xo‘jaligi. AQSHda xo‘jalik yuritishning ikki tizimi
uzoq vaqt davom etib keldi. Fermerlar xo‘jaligi rivojlangan shimoliy
shtatlarda qulchilik XIX asrning boshlaridayoq bekor qilindi. Janubiy
shtatlarda esa qulchilikka asoslanuvchi plantatsiya xo‘jaligi hukm-
ronlik qilardi. Janubning tabiiy sharoiti paxta yetishtirish uchun
qulay edi.
Buyuk Britaniya va AQSHda sanoatning tez rivojlanishi paxtaga
bo‘lgan talabni tobora oshirib bordi. Buyuk Britaniya fabrikalari
AQSHdan paxta xarid qilishni ko‘paytirib borganlari sari qullarni
ekspluatatsiya qilish kuchaydi. Bu zulm shafqatsizligi jihatidan kre-
postnoylikning eng ayanchli shakllaridan ham dahshatli edi.
Ayni paytda ko‘pgina oq tanli kishilar, ishchilar, fermerlar, ziyo-
lilarning ilg‘or qatlamlari qulchilikning bekor qilinishi uchun kurash
olib bordilar. Shu tariqa abolitsionistlar harakati vujudga keldi.
AQSHda qulchilikka nafrat bilan qarovchi kishilar soni tobora
ortib bordi. 50-yillarning oxirlarida atoqli abolitsionist, oq tanli fer-
mer Jon Braun Virjiniyada qullar qo‘zg‘olonini ko‘tarishga urinib
ko‘rdi. U Allegan tog‘ida joylashib olib, bu yerdan qo‘zg‘olonni plan-
tatsiyalarga yoyishni umid qilgandi. Braun tuzgan qurolli guruh
22 kishidan iborat bo‘lgan. Guruhda 5 nafar qora tanli kishi ham bor
edi. Yomg‘irli tunda u qurol-yarog‘lar saqlanadigan kichik omborni
bosib olishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ngra Braun qo‘shni plantatsiyalar-
dagi qullarni ozod qilish va quldorlarni garov sifatida qo‘lga olish
uchun o‘z odamlarini yubordi.
Ammo Braun umumiy qo‘zg‘olon ko‘tarishga muvaffaq bo‘lol-
madi. Òez orada hukumat qo‘shini Braunning qurolli guruhini tor-
mor etdi. Og‘ir yarador bo‘lgan Braun esa qamoqqa olindi va osib
o‘ldirishga hukm qilindi.
http://eduportal.uz


117

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling