Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Òashqi siyosat. Rossiya XIX asrda ham boshqa buyuk davlatlar
qatori bosqinchilik urushlarini to‘xtatmadi. Jumladan, uzoq davom
etgan urushlardan so‘ng, 1864-yilga kelib, butun Kavkaz Rossiya
tarkibiga kiritildi. Ayni paytda O‘rta Osiyoni bosib olish uchun harbiy
harakatlar boshlab yuborildi.
8 – Jahon tarixi
http://eduportal.uz


114

1825-yil 14-dekabrda ...

1861-yil 19-fevralda ...

Vikup – ...

1864-yili ...

1853–1856-yillarda ...
1867-yilda Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligining bosib olingan
hududlarida Òurkiston general-gubernatorligi tashkil etildi.
1867-yilda Rossiya o‘ziga qarashli bo‘lgan Alyaskani AQSHga
sotdi. Bu bilan Rossiya o‘z tashqi siyosatida tobora kuchayib bo-
rayotgan AQSHga tayanishni rejalashtirgan edi.
Madaniyat. 1800–1870-yillari Rossiya ma’naviy hayotida chuqur
o‘zgarishlar yuz berdi. Aynan shu davrda Rossiya jahon mada-
niyatining eng yuqori o‘rinlaridan birini egalladi. Rus adabiyotining
mashhur namoyandalari Aleksandr Sergeyevich Pushkin, Lev
Nikolayevich Òolstoy, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy shu davrda
ijod qildi. Ularning yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlari rus
xalqining ma’naviy olamini dunyoga tanitdi. A.S. Pushkin zamonaviy
rus adabiy tiliga asos soldi. Uning «Ruslan va Lyudmila», «Kavkaz
asiri», «Yevgeniy Onegin», «Kapitan qizi» kabi asarlari Rossiya hayoti
bilan birga, rus tilining ham butun boyligini namoyon qildi.
A.S. Pushkin ijodi rus adabiyotining keyingi rivojiga ulkan ta’sir
ko‘rsatdi. L.N. Òolstoyning «Bolalik», «Kazaklar», «Urush va tinchlik»,
F.M. Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo», «Òelba» kabi asarlarida rus
xalqining hayoti, kishilarning ichki dunyosi juda katta mahorat bilan
ochib berilgan. Shuningdek, XIX asrda ijod qilgan buyuk rus shoir va
yozuvchilaridan Mixail Yuryevich Lermontov, Nikolay Vasilyevich
Gogol, Ivan Sergeyevich Òurgenev asarlari ham dunyoga mashhur
bo‘ldi.
Bu davr rus musiqa san’ati buyuk kompozitorlar Mixail Ivanovich
Glinka va Pyotr Ilich Chaykovskiy nomi bilan bog‘liq. M.I. Glinka
ijodi XIX asrning birinchi yarmida rus musiqa madaniyatining eng
cho‘qqisi bo‘lib, u rus mumtoz musiqasiga asos soldi. Uning eng
mashhur asari «Ruslan va Lyudmila» operasi hisoblanadi. Rus musiqa
san’atining keyingi rivoji M.I. Glinka ta’siri ostida shakllandi.
P.I. Chaykovskiy XIX asr rus madaniyatining yirik namoyandasi,
musiqa san’atining dahosi hisoblanadi. Uning «Yevgeniy Onegin»,
«Uxlayotgan go‘zal», «Shelkunchik» kabi operalari hamon jahon
teatrlari sahnasidan tushmay kelmoqda. Bu davr rus tasviriy san’atida
Silvestr Feodosiyevich Shedrin, Karl Pavlovich Bryullov va Ilya
http://eduportal.uz


115
Yefimovich Repin kabi buyuk rassomlar ijod qildi. Ular ijodida
Rossiyaning boy tabiati va rus kishilarining murakkab ichki dunyosi
aks ettirildi.
Rus madaniyatining yutuqlari Rossiyaga dunyoning ilg‘or mam-
lakatlari qatoridan o‘rin olish imkonini berdi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling