Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Quldorlar isyoni. Bu davrda AQSHda ikki partiyaviy tizim ham
to‘la shakllanib bo‘lgan edi. Respublikachilar partiyasining xalq ora-
sida eng obro‘li arbobi Avraam Linkoln (1809–1865) edi. Linkolnning
qulchilikka qarshi chiqishlarini ishchilar, fermerlar, burjuaziyaning
ilg‘or qismi qo‘llab-quvvatladi. A. Linkoln saylov oldi kompaniyasini
«O‘zingizga yer olish uchun ovoz bering!» shiori ostida tashkil qilib,
yerlarni fermerlarga bepul tarqatish to‘g‘risida qonun qabul qilishga
va’da berdi.
XIX asrning 30-yillarida AQSHda sanoat inqilobi boshlandi.
XIX asrning 50-yillarining oxirlarida Jon Braun Virjiniyada qullar qo‘z-
g‘olonini ko‘tarishga urinib ko‘rdi.
1860-yili AQSH prezidentligi uchun bo‘lgan
saylovlarda Respublikachilar partiyasi vakili Avraam
Linkoln g‘alaba qozondi. Uning prezidentlikka
saylanishi bilan hukumatda quldorlar hukm-
ronligiga barham berildi. Bu esa qulchilikka qarshi
kuchlarning juda katta va ayni vaqtda tinch yo‘l
bilan erishgan siyosiy g‘alabasi edi. Ular birinchi
marta hukumatda hokimiyatni o‘z qo‘llariga ol-
dilar. Janub plantatorlari saylovda mag‘lubiyatga
uchragan Demokratlar partiyasining asosiy tayanchi edi. Ular qo-
nuniy yo‘llar bilan qulchilikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lolmas-
liklariga ishonch hosil qildilar. Shuning uchun janubiy shtatlarda
qulchilikka asoslangan alohida davlat tuzishga kirishdilar va AQSH
tarkibidan chiqqanliklarini, o‘z prezidentiga ega bo‘lgan konfede-
ratsiyasi tuzilganligini e’lon qildilar. Shuningdek, alohida qo‘shinga
ham ega bo‘ldilar. Shu tariqa janub plantatorlari qulchilikni saqlab
qolish yo‘lida milliy manfaatlarga xiyonat qildilar. Endi AQSHda fu-
qarolar urushi boshlanishi muqarrar bo‘lib qoldi.
Fuqarolar urushi (1861–1865). 1861-yilning aprel oyida Shimol
bilan Janub o‘rtasida fuqarolar urushi boshlandi. Kuchlar nisbati
jihatidan Shimol ustun edi. Fuqarolar urushi 1865-yilning aprelida
Shimolning g‘alabasi bilan tugadi.
Biroq reaksion kuchlar yollagan qotil A. Linkolnni otib o‘ldirdi.
Ammo bu qotillik qulchilikni bekor qilishga to‘sqinlik qila olmadi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling