Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Rossiya Yangi davrda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishganiga


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Rossiya Yangi davrda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishganiga
qaramasdan, XIX asrning 70-yillarida ham u Yevropaning eng qo-
loq davlatlaridan biri bo‘lib qolayotgan edi. Qoloqlikning sabablari
1861-yilgacha saqlanib qolgan krepostnoy huquq hamda kishilar-
da tashabbuskorlik va tadbirkorlikka to‘siq bo‘layotgan qoloq siyo-
siy tizimning mavjudligi edi.
Vikup – krepostnoylikdan ozod bo‘lgan dehqonning o‘ziga berilgan yerni haq
to‘lash evaziga sotib olishi.
Reaksiya kuchlari – ilg‘or g‘oyalarni ta’qib etuvchi, eski tartiblarni saqlab
qolish yoki ularni qayta tiklashga intiluvchi kuchlar.
Samoderjaviye – Rossiyada hukmdorning cheklanmagan hokimiyati.
Surgun – jazo tariqasida boshqa yerlarga jo‘natish.
1. Matndan Rossiyaning iqtisodiy taraqqiyot jihatidan G‘arbiy Yevropa mamlakat-
laridan orqada qolganligi sabablarini aniqlang.
2. Dekabristlar harakati o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan edi?
3. Rossiyada hukm surgan reaksiya haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Rossiya hukmron doiralari nega krepostnoylik huquqini bekor qilishga majbur
bo‘ldilar va u qanday tartiblarda amalga oshiriladigan bo‘ldi?
Ijodiy ish topshirig‘i
XIX asrda Rossiya davlati taraqqiyotiga xos tarixiy jarayonlarning umumiy va
farqli jihatlarini Ò-texnologiyasi asosida tahlil qiling va ustun shaklida daftaringizga
yozing.
Internet vositasida XIX asrning 40–70-yillari oralig‘ida Rossiya davlatiga virtual
sayohat uyushtiring va mavzuda o‘rganilgan tarixiy voqeliklarni tahlil qiling.
24-mavzu: 1800–1870-YILLARDA AMERIKA
QO‘SHMA SHÒAÒLARI
AQSH iqtisodiy taraqqiyoti. Mustaqillik yillarida AQSHda sanoat
tez sur’atlar bilan rivojlanib, XIX asrning 30-yillarida sanoat inqilobi
boshlandi. XIX asr o‘rtalarigacha AQSH, asosan, qishloq xo‘jaligiga
http://eduportal.uz


116
asoslangan mamlakat edi. Mamlakat shimolida qishloq xo‘jaligining
asosini fermer xo‘jaligi tashkil etdi. Fermerlikning asosini yollanma
mehnat tashkil qilib, ular pomeshiklarga qaram dehqonlarga nisbatan
ko‘proq tovar sotish va sotib olish imkoniyatiga ega edilar. Amerika
qishloq xo‘jaligiga xos bu xususiyatlar AQSH iqtisodiyotining tez ri-
vojlanishiga yordam berdi.
O‘rta asrlarda Amerikada nega faqat mayya, ink va kechua qabilalari o‘zlarining
davlatlarini barpo qilganlar?

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling