Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Iqtisodiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Iqtisodiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlari. Chor Rossiyasida kre-
postnoylik tartiblari jamiyat taraqqiyotiga katta g‘ov bo‘lib qoldi.
G‘arbiy Yevropa davlatlari va AQSHda mashinalashgan sanoat rivojla-
http://eduportal.uz


111
nayotgan bir davrda, Rossiyada hamon manufaktura ishlab chiqarishi
hukmron edi. Qishloq xo‘jaligida esa hamon O‘rta asr krepostnoylik
tartiblari yetakchilik qilardi va u taraqqiyotning asosiy to‘sig‘iga ay-
langan edi.
Kiyev Rusi davlatida ruslar qachon xristian dinini qabul qilishgan?
Samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash. 1812-yilgi
Fransiya – Rossiya urushida erishilgan g‘alabadan keyin ham chor
Rossiyasida samoderjaviye boshqaruv tartibi va krepostnoylik huquqi
saqlanib qolaverdi. Ushbu holat chor Rossiyasining ilg‘or fikrli kishi-
larini harakatga chorladi. Ular o‘z vatanini Yevropaning yetakchi dav-
latlari qatorida ko‘rishni istardilar. Vatanidagi mavjud tuzumni o‘z-
gartirmay turib, o‘z orzularining ro‘yobga chiqmasligini ham yaxshi
bilar edilar.
Ular samoderjaviye va krepostnoylikka qar-
shi aniq dastur bilan kurash boshladilar. Bu
kurash Rossiya tarixiga «Dekabristlar harakati»
nomi bilan kirgan. Dekabristlar zodagonlarning
farzandlari edilar. Ularning bir guruhi Ros-
siyada Respublika o‘rnatish tarafdorlari bo‘lsa,
ikkinchisi konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish
istagida edi.
Dekabristlar ikkita maxfiy jamiyat tuzdilar.
Ulardan biri «Janubiy jamiyat», ikkinchisi
«Shimoliy jamiyat» deb ataldi. Har ikki jamiyat
ham Rossiya Konstitutsiyasining loyihasini
yaratdi. «Janubiy jamiyat»ning ko‘zga ko‘ringan
arbobi Vatan urushi qatnashchisi Pavel Pestel
edi.
U yaratgan konstitutsiya loyihasi «Rus haqiqati» deb ataldi. Loyi-
hada samoderjaviye, krepostnoylik huquqini yo‘q qilish va Rossiyada
Respublika idora usulini joriy etish ko‘zda tutildi. Hamma fuqarolar
uchun teng saylov huquqi asosida saylanadigan «Xalq vechesi»
Rossiya parlamenti bo‘lishi belgilandi.
«Shimoliy jamiyat»da Nikita Muravyov tayyorlagan konstitutsiya
loyihasi Rossiyani konstitutsiyaviy monarxiya deb e’lon qilishni
ko‘zda tutardi. Mulk senzi asosida saylanadigan ikki palatali Xalq

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling