Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

1848-yil inqilobi. 1846-yili Fransiyada qish juda sovuq kelib, kuzgi
g‘alla nobud bo‘ldi. Oqibatda, oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi nav-
batda, nonning narxi oshib ketdi.
Bu ham yetmaganidek, qahraton qish natijasida tut daraxtlarini
sovuq urdi, pilla yetishtiruvchi to‘qimachilik sanoati inqirozga uchra-
di va ishsizlikni yuzaga keltirdi.
http://eduportal.uz


106
Bunday vaziyat ishlab chiqarishning keskin kamayishiga, pulning
qadrsizlanishiga olib keldi. Korxonalarning yopilishi yoki ishchi o‘rin-
larining qisqartirilishi natijasida ishsizlik oshib bordi. Bularning bar-
chasi inqilobning yuzaga kelishiga sharoit yaratdi.
Nihoyat, 1848-yilning fevral oyida Fransiya tarixida yana bir in-
qilob yuz berdi.
Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar, muassa-
salar qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tdi. Qirol Lui Filipp taxtdan voz ke-
chib, Buyuk Britaniyaga qochib ketdi. Qo‘zg‘olonchilar qirol saroyini
egallab, uning taxtini yoqib yubordilar.
Shu tariqa 1848-yil fevral inqilobi natijasida Iyul monarxiyasi qu-
ladi. 25-fevral kuni esa Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Bu
Fransiya tarixidagi ikkinchi Respublika edi. Fransiya parlamenti mu-
vaqqat hukumat tuzdi.
Yangi hukumat matbuot, namoyishlar o‘tkazish erkinligini e’lon
qildi. Shuningdek, 21 yoshga to‘lgan barcha erkaklarga saylov huquqi
berildi.
1846-yili Fransiyada qish juda sovuq kelib, kuzgi g‘alla nobud bo‘ldi.
1848-yil 25-fevral kuni Fransiya Respublika deb e’lon qilindi.
Ikkinchi imperiya. Mamlakatda tartib o‘rnatishga qodir hokimiyat
zarur edi. Shu tufayli hukmron tabaqalar katta vakolatlarga ega pre-
zidentlik lavozimini joriy etishga qaror qildilar.
1848-yilning dekabr oyida Napoleon Bonapartning jiyani Lui
Napoleon Bonapart Fransiya Prezidenti etib saylandi. Uning asl
maqsadi Fransiya imperiyasini qayta tiklash edi.
1852-yil 2-dekabrda u o‘zini Napoleon III nomi bilan Fransiya
imperatori deb e’lon qildi. Shu tariqa Fransiyada Ikkinchi imperiya
o‘rnatildi. Napoleon III «Imperiya – bu tinch-totuvlik», deb aytgan
bo‘lsa-da, Fransiya bir necha tashqi urushlarni olib bordi. Bu
urushlardan birida yengilganligi bois Ikkinchi imperiya ham quladi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling