Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

1812-yilning 7-sentabrida Borodino jangi bo‘lib o‘tdi.
Vaterloo jangi
http://eduportal.uz


105
1813-yilda Leypsig ostonasida «Xalqlar jangi» bo‘lib o‘tdi.
1821-yilda Napoleon vafot etdi.
Ayni paytda Vena kongressi qora tanli qullar savdosini taqiqlovchi
deklaratsiya ham qabul qildi.
«Muqaddas ittifoq». Yevropada kelgusida ro‘y berishi mumkin
bo‘lgan inqiloblarga qarshi birgalikda kurashish maqsadida 1815-yili
Vena kongressida uch davlat – Rossiya, Avstriya va Prussiya monarx-
lari ittifoq tuzdilar. U tarixga «Muqaddas ittifoq» nomi bilan kirdi.
Fransiyada Iyul monarxiyasi. Ikkinchi imperiyaning o‘rnatilishi.
1824-yili Lyudovik XVIII vafot etdi. Òaxtni ukasi Karl X egalladi. U
o‘z hokimiyatini yanada mustahkamlashga urinib, 1830-yili mamlakat
parlamentini tarqatib yubordi va fuqarolar saylov huquqlarining yana-
da cheklanishini ma’lum qildi. Bu esa Parij shahrida inqilob bosh-
lanishiga olib keldi. Uning ishtirokchilari burjuaziya, ishchilar, hu-
narmand va talabalar bo‘ldi. Inqilobning maqsadi Fransiyada Res-
publika tuzumini o‘rnatish edi.
Fransiya qiroli Karl X inqilobdan cho‘chib chet elga qochib ketdi.
Hokimiyat yirik burjuaziya – bankirlar, yirik sanoatchilar va katta yer
egalari qo‘liga o‘tdi. Ular burbonlarning qarindoshi Lui Filippni taxt-
ga o‘tqazib, shu yo‘l bilan monarxiyani saqlab qoldilar. Bu hodisa
1830-yilning iyul oyida ro‘y berganligi tufayli tarixga «Iyul mo-
narxiyasi» nomi bilan kirdi. Uning davrida yangi Konstitutsiya qabul
qilindi. Konstitutsiyada so‘z, matbuot, yig‘inlar o‘tkazish erkinliklari
e’lon qilindi. Saylovchilar uchun yosh va mulk senzlari kamaytirildi.
Ammo ishchilar va dehqonlarning ahvoli og‘irligicha qoldi. Ular
tomonidan boshlangan bir nechta qo‘zg‘olon shafqatsiz bostirildi.
 
1815-yili ...
 
Iyul monarxiyasi – bu ...

1824-yili ...

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling