Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


qirozini to‘xtata olmadi. Mamlakat Xitoy, Yaponiya, Rossiya va


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

qirozini to‘xtata olmadi. Mamlakat Xitoy, Yaponiya, Rossiya va
Yevropa davlatlarining mustamlakachilik obyektiga aylanib bordi.
Syogun (syo – general, gun – qo‘shin) – XVII–XIX asrlarda Yaponiyada
hokimiyatni boshqargan zodagonlar guruhi.
Kabuki (og‘moq, o‘zini olib qochmoq) – Yaponiyada XVII asrning oxirida
keng tarqalgan mumtoz teatr turi. Unda drama, raqs va musiqa elementlari
mujassamlashgan, ayollar rollarini ham erkaklar ijro etgan.
Samuray (saburau – xizmat qilmoq) – feodal Yaponiyada harbiy-feodal qatlam.
1. Oda Nobunaganing Yaponiya tarixidagi xizmatiga baho bering.
2. Òoyotomi Xideyosi va Òokugava Ieyasularning Yaponiya oldidagi xizmatlarini
taqqoslang.
http://eduportal.uz


84
3. Qanday omillar Yangi davrda Koreyaning kuchsizlanishiga olib keldi?
4. Yaponiya va manjurlar bosqini Koreya iqtisodi uchun qanday oqibatlarni kel-
tirib chiqardi?
Ijodiy ish topshirig‘i
Matndan foydalanib, Yaponiya va Koreya davlatlarining Yangi davrda erishgan
yutuq va kamchiliklarini SWOT chizmasi asosida tahlil qiling va daftaringizga
yozing.
Mavzuga aloqador «So‘nggi samuray» badiiy filmini ko‘ring va xulosa chiqaring.
17-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA USMONIYLAR
IMPERIYASI
Imperiyaning yuksalishi. XVI asr boshlarida butun imperiya vilo-
yatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga bo‘lingan edi. Viloyatlarni
vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi. Imperiyaning asosiy
tayanchi uning qo‘shini edi.
Usmoniylar sulolasi asoschisi Usmon davrida amalga oshirilgan islohotlarni
bilasizmi?
Imperiya bosib olgan hududlardagi dehqonchilik yerlari davlat
mulki deb e’lon qilindi. Sulton bu yerlarni o‘z sipohiy (otliq as-
kar)lariga harbiy majburiyat evaziga taqsimlab berdi. Ularning miq-
dori har xil edi. Sipohiylar shu tariqa o‘z xo‘jaliklariga ega bo‘ldilar.
Ular o‘z yerlarini dehqonlarga ijaraga berar edi. Ayni paytda harbiy
harakatlarda qatnashish sipohiylar zimmasiga, zarurat tug‘ilganda sul-
ton farmonini ijro etish esa sanjoqbeylarga yuklatilgan. Shuningdek,
ular o‘z yeridan oladigan daromadi miqdoriga mos ravishda qurolli
askarlar ham olib kelishi shart edi. Sipohiy xo‘jaligining daromadini
ijarachi dehqondan olinadigan soliq tashkil etardi. Bundan tashqari,
imperiyaning muntazam piyoda qo‘shini – yanicharlar (yangi
qo‘shin), shuningdek, kuchli harbiy dengiz floti ham bor edi. Bu
omillar XVI asrda ham Usmoniylar imperiyasiga keng ko‘lamda
bosqinchilik urushlari olib borish imkonini berdi. Bu davrda Eron
imperiyaning Osiyodagi eng yirik raqibiga aylangan edi.
http://eduportal.uz


85

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling