Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Madaniyat va san’at. Yaponlar hayotida
san’at alohida rol o‘ynaydi. Olamning uy-
http://eduportal.uz


83
g‘unligini his etishga intilish, atrofdagi go‘zallikni ko‘ra olish qobi-
liyati yaponlar xarakterining o‘ziga xos jihatlaridir.
XVI–XVIII asrlarda o‘rtada joylashgan qal’a atrofida yapon
bog‘ini yaratish san’ati rivojlandi. Ko‘p qavatli, tomining uchi qay-
rilgan binolar parvoz qilayotgan katta qushni eslatardi.
XVII asrda an’anaviy yapon teatri – kabuki (qo‘shiq, raqs, ma-
horat) paydo bo‘ldi. Bu teatr aktyorlari faqat erkaklar bo‘lib, ularning
yuzlari murakkab usulda grim qilinardi.
Yangi davrda yapon she’riyati ham yuksaklikka erishdi. Poeziya-
ning eng keng tarqalgan janri qofiyalashmagan besh qatorli lirik
she’rlar bo‘lib, ular «Òomchi suvda ummonni ko‘rish kerak» degan
badiiy tamoyil asosida yozilgan. Bu xokku janri deb nomlanib, uning
eng mashhur namoyandasi Masuo Basyo edi.
Yangi davrda Koreyada ham bizdagi baxshilik san’atiga o‘xshash
qo‘shiqchilik keng tarqaldi. Bu bilan xalq og‘zaki ijodi adabiyot
maqomini oldi va yozma adabiyot sifatida ham davom ettirildi.
Òasviriy san’atda ham xalq ijodiyoti, koreys xalqi hayotidan lav-
halarni aks ettirish an’analari kuchaydi. Xitoyning peyzaj usuli kirib
keldi. Bu «tog‘ va suvni tasvirlash» janri bo‘lib, bu janrda ijod qilgan
rassomlardan Chon Son, Li Myonuk, Kim Xondo chizgan rasmlar
juda mashhur edi.
Shunday qilib, XVI–XVIII asrlar davomida Yaponiya birlashib,
yagona markazlashgan davlatga aylandi, umumyapon milliy bozori
shakllandi. Ichki islohotlar hamda oqilona tashqi siyosat tufayli,
ko‘pchilik Osiyo davlatlaridan farqli o‘laroq, o‘z mustaqilligini
saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Koreyada esa amalga oshirilgan islohotlar mavjud tizimning in-

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling