84
3. Qanday omillar Yangi davrda Koreyaning kuchsizlanishiga olib keldi?
4. Yaponiya va manjurlar bosqini Koreya iqtisodi uchun qanday oqibatlarni kel-
tirib chiqardi?
Ijodiy ish topshirig‘i
Matndan
foydalanib, Yaponiya va Koreya davlatlarining Yangi davrda erishgan
yutuq va kamchiliklarini SWOT chizmasi asosida tahlil qiling va daftaringizga
yozing.
Mavzuga aloqador «So‘nggi samuray» badiiy filmini ko‘ring va xulosa chiqaring.
17-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA USMONIYLAR
IMPERIYASI
Imperiyaning yuksalishi. XVI asr boshlarida butun imperiya vilo-
yatga, viloyatlar esa
sanjoq (tuman)larga bo‘lingan edi.
Viloyatlarni
vali, sanjoqlarni esa
sanjoqbey boshqarardi. Imperiyaning asosiy
tayanchi uning qo‘shini edi.
Usmoniylar sulolasi asoschisi Usmon davrida amalga
oshirilgan islohotlarni
bilasizmi?
Imperiya bosib olgan hududlardagi dehqonchilik yerlari davlat
mulki deb e’lon qilindi. Sulton bu yerlarni o‘z
sipohiy (otliq as-
kar)lariga harbiy majburiyat evaziga taqsimlab berdi. Ularning miq-
dori har xil edi. Sipohiylar shu tariqa o‘z xo‘jaliklariga ega bo‘ldilar.
Ular o‘z yerlarini dehqonlarga ijaraga berar edi.
Ayni paytda harbiy
harakatlarda qatnashish sipohiylar zimmasiga, zarurat tug‘ilganda sul-
ton farmonini ijro etish esa sanjoqbeylarga yuklatilgan. Shuningdek,
ular o‘z yeridan oladigan daromadi miqdoriga
mos ravishda qurolli
askarlar ham olib kelishi shart edi. Sipohiy xo‘jaligining daromadini
ijarachi dehqondan olinadigan soliq tashkil etardi. Bundan tashqari,
imperiyaning muntazam piyoda qo‘shini –
yanicharlar (yangi
qo‘shin),
shuningdek, kuchli harbiy dengiz floti ham bor edi. Bu
omillar XVI asrda ham Usmoniylar imperiyasiga keng ko‘lamda
bosqinchilik urushlari olib borish imkonini berdi. Bu davrda Eron
imperiyaning Osiyodagi eng yirik raqibiga aylangan edi.
http://eduportal.uz