Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


-yili Yevropa davlatlari Òurkiyaga qarshi «Muqaddas liga»


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

1684-yili Yevropa davlatlari Òurkiyaga qarshi «Muqaddas liga»
tuzdilar.
XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida Òurkiya avvalgidek hujumkor
qudratga ega bo‘lmay qoldi.

Vali – bu ...

XVI asr o‘rtalaridan boshlab ...

Sanjoqbey – bu ...

1684-yili ...
Yevropa davlatlariga qaramlikning boshlanishi. Bora-bora Òurkiya-
da iqtisodiy tanglik davri boshlandi. Bunday sharoitda Òurkiya Yev-
ropa davlatlari madadiga tayanishni lozim ko‘rdi. Yevropa davlatlari
savdogarlariga bir qator yengillik va imtiyozlar berila boshlandi. Ma-
salan, Fransiya savdogarlari uchun atigi uch foiz miqdorida bojxona
to‘lovi joriy etildi. Natijada, Òurkiya bozorlari Yevropa tovarlariga
to‘lib ketdi. Bu esa mahalliy hunarmandchilikka qattiq zarba berdi.
Tashqi siyosatda esa Òurkiya, birinchi navbatda, Angliya va
Fransiya bilan yaqinlasha boshladi. Sultonlar
nazdida ular Rossiyaga qarshi kurashda
imperiyaga ittifoqchilar bo‘lishi kerak edi.
Angliya va Fransiya hukumatlari ham mavjud
vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib
qolishga intildilar. Ularning madadidan
umidvor bo‘lgan Òurkiya XVIII asrda
Rossiya bilan bir necha bor urushlar olib
bordi, biroq yengildi. Mag‘lubiyat Òurkiyada
hukm surayotgan O‘rta asr munosabatla-
rining inqiroziga sabab bo‘ldi.
http://eduportal.uz


87
Fan, madaniyat va san’at. XVII asrdan Yevropaning ilg‘or g‘oyalari
ta’siri ostida yirik shaharlar, asosan, poytaxt Istanbulda dunyoviy fan-
larni rivojlantirishga harakat boshlanadi. Bu davrda buyuk turk olimi
Koshib Chalabiy, matematika va astronomiya sohasida Xizr Xalifa
Òabariy, Mulla Mehmet Chalabiy, Mustafo Koshipzoda kabi olimlar
unumli faoliyat olib bordi.
Shu davrda turk adabiyotida ham o‘ziga xos faollik kuzatildi, yirik
asarlar yaratildi. Shulardan Avliyo Chalabiyning «Sayohatnoma» asari
tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega.
Me’morchilikda ham XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida tushu-
narsiz, milliylikdan ancha yiroq bo‘lgan qorishiq uslublar yaratildi.
Vaholanki, XV–XVII asrlarda turk me’morlari buyuk tarixiy obida-
larni yaratishgan edi. Ayniqsa, XVI asrning buyuk me’mori Sinon
o‘zining betakror binolari bilan turk me’morchiligi rivojiga katta hissa
qo‘shdi.
XVII asr turk me’morchiligining ajoyib namunalari sifatida sul-
tonning Òo‘pqopi saroyidagi Bag‘dod va Ravon ko‘shklarini ham aytib
o‘tish lozim. Bu davrda naqqoshlik va miniatura san’ati ham yaxshi
rivojlandi. Naqqoshlikda bezak vositasi sifatida, asosan, miniatura
rasmlaridan va yozuvlardan foydalanilar edi.
Yevropa madaniyatining ta’siriga qaramasdan, Yangi davrda turk
madaniyati, asosan, milliylik va o‘ziga xoslikni saqlab qola oldi.
Ammo imperiyada boshlangan siyosiy va iqtisodiy inqiroz madaniyat
rivojiga ham ta’sir etmasdan qolmadi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling