Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Sulton Salim I 1514-yili Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinini tor-
mor etdi. Bu g‘alaba sultonning Eron shohi ittifoqchisi bo‘lgan Misr
sultonligiga qarshi yurish boshlashiga yo‘l ochdi. Sulton Salim I
dastlab Suriya va Falastinni bosib oldi. 1517-yili esa Misr poytaxti
Qohira shahri egallandi.
Imperiya nafaqat Osiyo va Yevropada, hat-
to Afrikada ham mustamlakalarga ega bo‘ldi.
Imperiya hududining kengayishi yirik savdo
yo‘llarining ham Òurkiya nazorati ostiga o‘ti-
shiga olib keldi. Bu omillar imperiya markaziy
ho kimiyatining hamda harbiy qudratining
yanada kuchayishini ta’minladi. Oqibatda,
Òurkiyaning savdo yo‘nalishidagi xalqaro nu-
fuzi Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari
o‘rtasida yanada ortdi.
Ichki ahvol. Imperiyaning qudrati faqat sul-
tonlarning oqilona siyosati tufayligina osh-
masdan, balki mehnatkashlarni ekspluatatsiya
 XVII asrda Usmoniylar imperiyasi
– Usmoniylar imperiyasi
– 1520-yilgacha zabt etilgan hududlar
– 1556-yilgacha zabt etilgan hududlar
– XVII asrgacha zabt etilgan hududlar
Sulton Salim I
http://eduportal.uz


86
Avliyo Chalabiy
qilishni kuchaytirish, mustamlaka o‘lkalardan tashib kelingan ulkan
miqdordagi boyliklar hisobiga ham yuksaldi. Ekspluatatsiyaning tobo-
ra kuchayishidan tinka-madori qurigan dehqonlar shaharlarga,
tog‘larga qochib keta boshladilar. Sulton buning oldini olish maq-
sadida yer egalariga qochib ketgan dehqonlarni majburan qaytarib
olib kelish huquqini beruvchi maxsus farmon chiqardi.
Dehqonlarning xonavayron bo‘lishi va ko‘plab qochib ketishi
XVI asr o‘rtalaridan boshlab qishloq xo‘jaligining inqiroziga olib keldi.
Shu tariqa Òurkiya harbiy qudratining zaiflashish davri boshlandi.
G‘arbiy Yevropada markazlashgan davlatlar, kuchli markaziy hoki-
miyat qaror topgan bir sharoitda Òurkiya tanazzulga uchradi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling