Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

G‘arbiy Afrika. Yevropaliklar, asosan, portugallar va ispanlarning
G‘arbiy Afrika hududlariga kirib kelishi XV asrda boshlandi.
1434-yildan 1482-yilgacha portugallar va ispanlar Yashil burundan
Kongo daryosigacha bo‘lgan qirg‘oq hududlarini o‘rganib chiqishdi.
Portugaliyaliklar dastlab bu yerdan oltin olib ketishdi. Chunki bu
paytda Yevropa bozorlarida qullarga unchalik ehtiyoj yo‘q edi.
Insoniyat tarixida quldorlik qachon paydo bo‘lgan edi?
Amerika qit’asini muntazam ravishda mustamlakaga aylantirish-
ning boshlanishi va bu yerdagi mahalliy hindularning turli sabablar
bilan qirilib ketishi natijasida ishchi kuchiga katta ehtiyoj paydo bo‘l-
di. Bu ehtiyoj, ayniqsa, plantatsiyali xo‘jalik paydo bo‘lgan hudud-
larda juda kuchli edi. Bunday ishchi kuchining manbai, asosan,
G‘arbiy Afrikaning mahalliy aholisi bo‘lib, keyingi bir necha yuz yil
mobaynida bu yerlar juda katta qul bozoriga aylantirildi.
XVI asrning oxirigacha qul savdosi bilan faqat portugallar shu-
g‘ullandi. Ular G‘arbiy Afrika qirg‘oqlarida joylashib olib, asta-sekin
Senegal va Gambiya daryolari bo‘ylab qit’a ichiga kirib bordi. Ammo
bu keng hududlarda kuchli davlatlar mavjud bo‘lib, portugaliyaliklar
o‘zlarini istilochilardek tuta olmasdilar. Shu sababli ular asosiy e’ti-
borini Quyi Gvineyaga, Atlantika okeani qirg‘oq bo‘yi yerlariga qa-
ratdi. Portugaliyaliklar sohil bo‘ylarini to‘rtta hududga ajratib, bu hu-
Baatu xalqlarining yerga ishlov berish jarayoni
http://eduportal.uz


95
dudlarni ulardan olinadigan asosiy tovarning nomi bilan atadilar. Ho-
zirgi Shimoliy Liberiyaning qirg‘oqlari Qalampir qirg‘og‘i, Fil Suyagi
qirg‘og‘i, Oltin qirg‘oq, Volta va Niger daryolari oralig‘i esa Qul
qirg‘og‘i deb atalgan.
XVI asr oxiriga kelib, Amerikaning Ispaniya, Angliya va Fransiya
mustamlakalariga aylantirilgan barcha hududlarida plantatsiya xo‘ja-
ligi keng rivojlantirildi. Natijada, qullar mehnatiga ehtiyoj ham ortib
bordi. Afrikadagi ishchi kuchi bozorini egallash uchun Yevropa dav-
latlari o‘rtasida kuchli kurash boshlandi. Bu kurash oqibatida Afrika
aholisi juda katta zarar ko‘rdi.
XVII asrdan qul savdosida yetakchilik qilishni gollandlar o‘z qo‘-
liga oldi va Amerikadagi ispan mustamlakalariga afrikalik qullarni
ular yetkazib berdi. Ammo qullar bozorida Gollandiyaning hukmron-
ligi ham uzoqqa cho‘zilmadi. XVII asrning ikkinchi yarmidan mus-
tamlaka bozorlarini egallash uchun kurashga Angliya va Fransiya
qo‘shildi. Ingliz va fransuz plantatorlari o‘z xo‘jaliklarining kengayishi
tufayli qullarning mehnat bozorini o‘zlari egallashga, o‘z tovarlariga
oltin-u kumush bilan haq oladigan portugal hamda golland savdogar-
larining xizmatidan voz kechishga harakat qildilar. Qul savdosiga,
shuningdek, Shvetsiya, Daniya, Brandenburg kabi davlatlar ham qo‘-
shildi. Yevropaning kuchli davlatlari o‘rtasidagi raqobatchilik kurashi
XVII asrning ikkinchi yarmi va butun XVIII asr mobaynida davom
etdi. Bu kurash maydoni Afrika qit’asi, ayniqsa, G‘arbiy va Markaziy
Afrika bo‘ldi.
Qul savdosi u bilan shug‘ullanuvchilarga va savdogarlarga juda
katta foyda keltirdi. Yevropa va Amerikadagi Bristol, Liverpul,
Manchester, London, Nant, Ruan, Amsterdam, Nyu-York, Yangi
Orlean, Rio-de-Janeyro kabi ko‘plab shaharlarning jadal rivojlanishi
va gullab-yashnashi qul savdosidan keladigan foyda bilan bog‘liq edi.
XVI–XVIII asrlarda yevropalik qulfurushlar Amerikaga 15–

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling