Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Xullas, O‘rta asrlarning qudratli imperiyasi bo‘lgan Usmoniylar


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Xullas, O‘rta asrlarning qudratli imperiyasi bo‘lgan Usmoniylar
davlati Yangi davrga kelib, keng miqyosli inqirozni boshidan ke-
chirdi. Bir qator islohotlarni amalga oshirish uchun bo‘lgan uri-
nishlarga qaramasdan, mamlakat G‘arb davlatlarining yarimmus-
tamlakasiga aylanib bordi.
Liga – ittifoq, birlashma.
Imperiya – tili, dini, madaniy an’analari bir-biridan farq qiladigan turli
xalqlarni kuch bilan birlashtirgan davlat.
1. Usmoniylar imperiyasi tarixida XVI asr qanday o‘rin tutadi?
2. Òurkiyaning Yevropa davlatlariga qaramligi qay tariqa sodir bo‘ldi?
3. Òurkiyadagi Fransiya savdogarlariga qanday imtiyozlar berildi va nima uchun
shunday qilindi?
4. XVIII asrda Òurkiya – Rossiya munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
http://eduportal.uz


88
Internet vositasida XVI–XVIII asrlarda Òurkiya davlatiga virtual sayohat uyush-
tiring. Òaassurotlaringizni daftaringizga qayd eting.
18-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA ERON
Safaviylar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. XV asr oxirida Eron
markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan bir qancha mustaqil hu-
dudlarga bo‘linib ketgan edi. Buning oqibatida o‘zaro ichki urushlar
tobora avj oldi. Bu esa mamlakat taraqqiyotiga katta salbiy ta’sir
ko‘rsata boshladi. Oqibatda, mamlakat zaiflashdi. Eronning zaiflashu-
vi Òurkiya bosqini xavfini tobora kuchaytira bordi.
Eronda tuzilgan qaysi mustaqil davlat Oltin O‘rda bilan Kavkazortiga egalik
qilish masalasida raqobat qila boshlagan?
Natijada, Eronni yagona davlatga birlashtirish hayotiy zaruratga
aylanib qoldi. Bu tarixiy vazifa sarkarda, Eronda katta siyosiy nufuzga
ega bo‘lgan Ardabil shahri hokimi Ismoil Safaviy tomonidan amalga
oshirildi.
Ismoil I Safaviy olib borgan urushlari natijasida katta-katta hu-
dudlarni egalladi, 1502-yili esa Òabriz shahrini ishg‘ol etgach, u o‘zini
shahanshoh deb e’lon qildi. Shu tariqa tarixga «Safaviylar davlati»
nomi bilan kirgan davlat vujudga keldi. Davlat tarkibi Erondan tash-
qari hududlar hisobiga kengaygan. Poytaxt etib Òabriz shahri bel-
gilandi. Ismoil I Safaviy markazlashgan davlat tuzibgina qolmay, uni
o‘z davrining qudratli davlatlaridan biriga ham aylantira oldi.
Ismoil I Safaviy markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida
yer egaligining suyurg‘ol shaklini deyarli butunlay bekor qildi. Uning
o‘rniga tiyulni joriy etdi.
Biroq bu tadbir yirik yer-mulk egalarining markazga bo‘ysun-
maslikka intilishlarini to‘xtata olmadi.
Safaviy hukmdorlar tinimsiz bosqinchilik urushlari olib bordilar.
Safaviylar davlati tarkibiga kirgan qaram o‘lkalar xalqlarining ozodlik
kurashi shafqatsizlik bilan bostirildi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling