Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

O‘zini o‘zi ajratib qo‘yish. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin
Yaponiyada yevropaliklar paydo bo‘lib, xristian dini ham tarqala
boshladi. Yevropalik missionerlar uni yaponlar orasida zo‘r berib tar-
g‘ib qilishdi. Ammo ko‘pchilik missionerlar din niqobi ostida yapon
xalqini arosatga solishni, Yaponiyaning mustaqilligiga chek qo‘yib,
uni bosib olishni maqsad qilib qo‘ygan edilar. Yaponiyada XVI asr
oxirida qabul qilingan qonunga binoan, barcha xristian missionerlari
mamlakatdan quvib yuborildi.
1614-yili syogun xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqardi. Qo-
nun xristian dinini mamlakat dushmani deb e’lon qildi. Budda dinini
hurmat qilmaydigan barcha shaxslarning Yaponiyadan chiqib ketishi
talab etildi. Shu tariqa Yevropa mustamlakachilari Yaponiyadan quvib
yuborildi. Bu hol Yaponiyaning Yevropa bilan munosabatlariga ta’sir
etmay qolmadi.
Natijada, Yaponiya tashqi dunyodan o‘zini o‘zi ajratib qo‘ydi.
Syogun o‘zini o‘zi ajratib qo‘yish siyosati orqali Yaponiyaning mus-
tamlakaga aylanib qolish xavfining oldini olish maqsadini ham ko‘z-
lagan edi.

1603-yili ...

XVI asr o‘rtalaridan ...

1867-yili ...

1614-yilda ...
1603-yili Yaponiyada uchinchi syogun sulolasi – Òokugava xonadoni
hukmronligi boshlandi.
Yosimune islohotlari. Yosimune tokugava sulolasining eng mash-
hur davlat arbobi sifatida tanildi. U tokugava sulolasidan chiqqan
sakkizinchi syogun bo‘lib, 1716–1745-yillari hukmronlik qildi.
Yosimune qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluv-
chilarni rag‘batlantirish siyosatini yuritdi. Sug‘orish inshootlari tizi-
mini takomillashtirdi. Yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni
taqiqlovchi qonun chiqardi. Mamlakat va jamiyat hayotini tartibga
http://eduportal.uz


81
solishda u joriy etgan «100 moddali Farmon» deb ataluvchi qonunlar
to‘plami katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling