Choʻlponning “Soz” toʻplami “Oktabr” sheʼri tahlili


Download 152.5 Kb.
bet14/17
Sana22.02.2023
Hajmi152.5 Kb.
#1221432
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Oktabr she\'ri

d) davr adabiyoti:
Bu davrda barcha sohalar, shu jumladan, dabiyot ham Sovet Ittifoqi tasarrufida edi. Xalqni imkon boricha bilimsiz qoldirishga, bilimi borlarni esa yoʻq qilishga intilish kuchaygan edi. Haqiqiy millatparvar ijodkorlar bu davrda yashab qolish uchun boʻlsa ham sovetlarni maqtab, ularni ulugʻlab sheʼrlar yozishga majbur boʻlishardi. Choʻlpon mavjud ogʻir vaziyatni inobatga olib, shunday ijod olib bordiki, ularni faqat oddiy xalq ommasigina tushuna oladigan, hech kimda shubha tugʻdirmaydigan ijod namunalarini yaratdi. Bolsheviklar partiyasi aʼzolari adabiyotdan oʻzlarining mafkurasini oddiy xalqqa singdirish vositasi sifatida foydalanishga harakat qilishardi.
e) adabiy anʼanalar:
Choʻlpon sheʼr va nasriy asarlar yozishda adabiy anʼanalardan mohirona foydalangan. She'rlarini yozishda barmoq vaznidan foydalangan. Sheʼrlari orqali oʻsha davrdagi insonlarni oʻqishga, maʼrifatli boʻlishga chorlagan. Nasriy va dramatik asarlarda ham shuni mahorat bilan ifodalashga harakat qilgan. Uning yagona orzusi- xalqni maʼrifatli, kurashuvchan va mustaqil fikrlaydigan holatda koʻrish edi. Jadid adabiyoti vakili boʻlgan Choʻlpon jadidchilik adabiyoti anʼanalarini davom ettirib, oʻzbek xalqi ongiga yangi fikrlar, yangi "qon" berishga harakat qilgan.
3.She'rdagi poetik xususiyatlari:
a) she'r janri:
"Oktabr" she'ri barmoq vaznida yozilgan. Sheʼrdagi misralar soni bandlarga, bandlar esa qismlarga turlicha taqsimlangan. She'r 3 qismdan, 19 band va 87 misradan tashkil topgan.
b) til xususiyatlari:
Choʻlponning “Oktabr” she'ri tili jihatidan hozirgi tilga juda yaqin, sodda va tushunarli soʻzlar bilan yozilgan. Sheʼrda ortiqcha boʻrttirish, bo'yoqdorlik mavjud emas. Lekin bu sheʼr yozilgan alifbo hozirgi alifbodan tubdan farq qilganligi bois unda turli xil o'zgachaliklar mavjud. Sheʼrda "y" harfi "j" shaklida, "o" harfi "a" shaklida, "o'" harfi "o" shaklida "g'" harfi "qj" harflari orqali, "e" harfi "i" harfi shaklida ifodalangan. Oʻquvchi uchun bu soʻzlarni oʻqishda qiyinchilik tugʻdirmaydi va aslo sheʼr mazmuniga taʼsir qilmaydi.

Download 152.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling