Cho’lponning “Tong sirlari” “Kishan” she’ri tahlili
Download 140 Kb.
|
Kishan
til xususiyatlari:
She’rda ortiqcha qochirimlar, rangdor so’zlardan foydalanilmagan. Ijodkor fikrlarini sodda, tushunarli uslubda ifodalab bergan. Uslubda, so’z tanlash mahoratida ham ijodkor barchaga barobor bo’lgan so’zlarni tanlaydi. Natijada she’rda jimjimadorlik ko’rinmaydi. qo’llangan badiiy tasvir va ifoda vositalari, ularning xususiyatlari: She’r oddiy uslubda va sodda so’zlardan foydalanib yozilgani uchun badiiy tasvir vositalari ham unchalik ko’p emas. Shunday bo’lsa ham, bunday vositalardan ijodkor o’z o’rnida foydalangan. 1-5 band “kishan’ ga murojaat orqali boshlanadi. Cho’lpon nido she’riy san’atidan unumli foydalangan. Bu she’riy san’atning vazifasi she’rga o’quvchi e’tiborini tortish va musiqiylikni ta’minlashni ko’zlagan. Har bir bandda alohida radif, va qofiya mavjud. Ba’zilarida radif umuman qo’llanmagan. Misra qofiya bilan yakunlangan. 1-bandda: yo’qdir- radif; bitgani, ketgani – to’q va mutlaq qoyifa.
bor- radif; quchig’ing, dog’ing- mutlaq qofiya.
aylar- radif; qahr, zahr- muqayyad qofiya.
radif qo’llanmagan; qolib ketdim, umid etdim- mutlaq qofiya.
radif qo’llanmagan; yo’qdir, ortiqdir- mutlaq qofiya. 1-bandni shohband desak ham bo’ladi. Chunki bu bandda asosiy qofiyadan tashqari ichki qofiya ham qo’llangan. “bitgani,ketgani” so’zlari asosiy qofiya bo’lsa, “bukun, butkul” so’zlari ichki qofiyani ta’minlagan. Bundan tashqari, 1-band 1-misrada 4 o’rinda “i” unlisi ishlatilgan, 2-misrasida esa bu tovush 5 o’rinda qo’llangan. Bunday hodisa adabiyotshunoslikda assonans deb yuritiladi. Yana bu bandda “temir barmoqlar” metaforasi qo’llangan. Bu vositalarning barchasi she’rning ohangdorligini oshirish, shuningdek, o’qilishida ko’tarinkilik berish uchun xizmat qilagan. 2-bandning 1-misrasida kishanning sifatlari birin-ketin keltirib o’tilgan. Bu o’rinda ijodkor sifatlash she’riy san’atidan unumli foydalanadi. 2-misrada esa “qonli dog’” birikmasi qo’llangan. Bu metafora orqali Cho’lpon kishanning yetkazgan zararini tasvirlagan. Bu vositalarning barchasi she’rga o’zgacha joziba baxsh etish uchun qo’llangan. 3-bandning 1- misrasida “yumilmas ko’zlar” metaforasi kishanga nisbatan ishlatilgan. Bu o’rinda ijodkor voqelikni bo’rtirish, uslubiy jihatdan boyoqdorlikni ta’minlashni nazarda tutgan. Shu bandning 2-misrasida “borlig’ingdirkim, borliq” so’zlari qo’llanilgan. Bu misrada ishtoqoq she’riy san’ati yuzaga kelgan. Ya’ni bir misrada o’zakdosh so’zlarni qo’llash san’ati. Bu san’at o’quvchini o’ziga tortadi va o’qilishda ohangdorlik bag’ishlaydi. 4-bandda “qulf” so’ziga nisbatan “erk” so’zi qo’llangan. Bu o’rinda “erk” so’zi erkinlik ma’nosida emas, balki “izm’ ma’nosida qo’llangan. Yozuvchi ushbu so’zning ko’p ma’noli tomonini e’tiborga olgan. 5-banddagi 2-misrada “q” tovushi 5 marotaba takrorlanadi. Bu hodisa she’rning musiqiyligini ta’minlashga xizmat qilgan. Shu o’rinda bir narsaga e’tibor berish kerak. Shu oxirgi band va misrada tinish belgi qo’shaloq holatda qo’yilgan, ya’ni his-hayajon kuchli ifodalangan. Shu jihatlar hisobga olingan holatda ushbu misraga tovushlar uyg’unligi ham zarur edi. Bular ijodkor nazaridan chetda qolmagan. Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling