Chor Rossiyasi bosqini arofasida O‘rta Osiyo xonliklaridagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot Abduvaliev Sohibjon Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti 20/4 sirtqi guruh Email: Telefon raqam+998 94 214 23 21 Kalit
Mustamlaka o'lkaning ijtimoiy tuzumi
Download 22.39 Kb.
|
1 2
Bog'liqChor rossiyasi
Mustamlaka o'lkaning ijtimoiy tuzumi
1873-yilda general fon Kaufman rus podshosiga Turkistonda yerga egalik tuzilishini o'zgartirish loyihasini taqdim etdi. Loyihaga ko'ra amlok yerlar uni ishlatib turgan odamlar tasarrufiga o'tishi lozim edi. Bu qoidani vaqf yerlariga ham joriy qilish to'g'risidagi loyiha taklifi esa rad etildi. Ammo fon Kaufman o'z so'zida qat'iy turib oldi. U mas'uliyatni o'z zimmasiga olib, yer masalasiga doir bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, yer haqiqatda kimning qo'lida ekanligini e'tiborga olish to'g'risida farmoyish beradi. Shunga muvofiq juda ko'p yerlar davlat hisobiga o'tkaziladi. Ayni choqda mulkiy yerlarga va hatto vaqf yerlariga ham soliq joriy etiladi. 1886-yilda Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi yangi Nizomga muvofiq yer munosabatlariga doir bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad mahalliy boy-zodagonlarni zaiflashtirish va mustamlakachilar hokimiyatini kuchaytirish edi. Yer munosabatlari sohasidagi tadbirlarning asosiy natijasi shu bo'ldiki, harbiy-feodal yer egaligi tugatildi. Yer-suv munosabatlarida chorizm ikki maqsadni ko'zlab ish tutgan. U O'rta Osiyoda o'z hukmronligini mustahkamlash va uning iqtisodiy imkoniyatlaridan mustabid Rossiyaning hukmron tabaqalari manfaatlari yo'lida foydalanishga intilgan. Shu maqsadlar uchun mahalliy hukmron doiralarning qarshiligini sindirish, o'lkada amalda bo'lgan qadimiy munosabatlarni saqlab qolish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga imkon bermaslik kerak edi. Uzoqni ko'zlagan maqsaddan kelib chiqqan holda Rossiya Turkistonda olib borgan yer-suv munosabatlarida quyidagi siyosatni o'tkazdi: 1. O'lkadagi barcha yerlar davlat xazinasiga tegishli, deb e'lon qilindi. O'troq mahalliy aholiga yer merosiy yakka jamoa egaligi tariqasida, ko'chmanchi aholiga esa muddati cheklanmagan tarzda jamoa bo'lib foydalanish uchun topshirildi. 2. O'troq joylarda yer undan amalda foydalanayotganlarga biriktirildi. Bu tartibga binoan sud organlariga yer-suvga oid munozarali masalalarni hal etishda qozilar tomonidan berilgan yerga egalik qilish haqidagi hujjatlariga - vasiqalarga tayanmay, aksincha, yerdan kim amalda foydalanayotganiga qarab ish tutish lozimligi haqida ko'rsatma berildi. O'rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingunga qadar katta yer egalari dehqonlarga ijaraga bergan yerlar endilikda ijarachilarga merosiy tarzda foydalanishga topshirildi. Chorizmning yer-suv sohasidagi bunday «tantiligi»ning sababi, birinchidan, Rossiyaning dastlabki yillarda ko'chirish ehtiyojlari uchun zarur yer jamg'armasiga muhtoj bo'lmagani, ikkinchidan, bu sohada o'ziga raqib bo'lgan mahalliy zodagonlar bilan kurashda keng mehnatkashlar ommasini betaraf qilib qo'yish edi. 3. Ko'p hollarda vaqflar avvalgi tarzida qoldirildi, ammo ayrim hollarda vaqf yerlarini davlat ixtiyoriga olish ham mumkinligi belgilandi. 4. Sobiq imtiyozli shaxsiy mulk yerlariga boshqalar qatori soliq solindi. Ular endi xususiy mulk emas, balki davlat yerlari deb ataldi va dehqonlarga merosiy ravishda egalik qilish va foydalanishga topshirilgani ma'lum qilindi. 5. Shahar tashqarisida rus aholisiga yer ajratish ham taqiqlandi. 6. Yevropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholiga qarashli yerlarni sotib olish mutlaq man etildi. Xulosa Chor Rossiyasining Turkiston yerlariga g'arazli maqsadlarda ko'z olaytirishlari hali o'lkada shayboniylar hukmronlik qilgan davrlardan boshlangan. 1558—1559-yillarda irigliz savdogari Jenkinson, 1612-yilda Moskva savdo elchisi Ivan Danilovich Xoxlov Xiva, Buxoro va Samarqandga asosan o'lkani o'rganish va josuslik ma'lumotlarini to'plash maqsadida kelgan edilar. Turkistonni Rossiyaga qaram qilish uchun to'g'ridan-to'g'ri amaliy ochiq harakat Pyotr I davridan boshlandi. Katta va Kichik Juzning xoni Abulxayrxon o'z hokimiyatini saqlab qolish va qalmiqlar xataridan saqlanish ilinjida chor Rossiyasi bilan yaqinlashishga majbur bo'ladi. Shu tariqa, 1731-yilda Kichik Juz, 1731-1740-yillarda esa Katga Juz qozoqlarining aksariyati rus davlatining tobeligiga o'tadi. Bu Pyotr I orzu-armonlari ro'yobga chiqishining boshlanishi edi. Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishlari chor mustamlakachi ma'raurlarining Turkiston yerlarini egallash borasidagi bosqinchilik harakatlariga qulay shart-sharoitlar yaratdi. Ammo Yevropadagi davlatlar o'rtasidagi o'zaro vaziyatning tobora keskinlashib borishi chorizmning Turkistonga nisbatan bosqinchilik harakatlarining ma'lum muddatga orqaga cho'zilishiga sabab bo'ldi. Download 22.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling