Chor Rossiyasi bosqini arofasida O‘rta Osiyo xonliklaridagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot Abduvaliev Sohibjon Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti 20/4 sirtqi guruh Email: Telefon raqam+998 94 214 23 21 Kalit
Download 22.39 Kb.
|
1 2
Bog'liqChor rossiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Chor Rossiyasining istilosi va Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi
Chor Rossiyasi bosqini arofasida O‘rta Osiyo xonliklaridagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot Abduvaliev Sohibjon Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti 20/4 sirtqi guruh Email: Telefon raqam+998 94 214 23 21 Kalit so’zlar: munosabat, muomila, shartnoma, xolislik, manzil Kirish Chor Rossiyasining istilosi va Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi Chor Rossiyasining Turkiston yerlariga g'arazli maqsadlarda ko'z olaytirishlari hali o'lkada shayboniylar hukmronlik qilgan davrlardan boshlangan. 1558—1559-yillarda irigliz savdogari Jenkinson, 1612-yilda Moskva savdo elchisi Ivan Danilovich Xoxlov Xiva, Buxoro va Samarqandga asosan o'lkani o'rganish va josuslik ma'lumotlarini to'plash maqsadida kelgan edilar. Turkistonni Rossiyaga qaram qilish uchun to'g'ridan-to'g'ri amaliy ochiq harakat Pyotr I davridan boshlandi. 1714-yilda turkman vakillaridan biri Xo'ja Nafas Peterburgga borib, Amudaryoning oltinli qumlarga boyligi to'g'risida ma'lumot beradi. Oltin va boyliklar vasvasasi bilan Pyotr I O'rta Osiyoga 1717-yilda knyaz Bekovich-Cherkasskiyni katta qo'shin bilan yuboradi. Ammo Xiva xoiii Sherg'ozixon bu qo'shinni batamom qirib tashlaydi. O'rta Osiyoni bosib olish maqsadida Pyotr I zabt etilgan qozoQ yerlarida harbiy qal'alar va istehkomlar qura boshladi. 1717-yilda Omsk' l7J8-yilda Semipalatinsk, 1720-yilda Ust-Kaminogorsk, 1742-yilda Orenburg qal'alari quriladi. Faqat XVIII asrning o'zida chor ma'muriyati hozirgi Qozog'iston hududlarida 46 ta katta va 96 ta kichik harbiy qal'a va istehkomlar qurgan. Katta va Kichik Juzning xoni Abulxayrxon o'z hokimiyatini saqlab qolish va qalmiqlar xataridan saqlanish ilinjida chor Rossiyasi bilan yaqinlashishga majbur bo'ladi. Shu tariqa, 1731-yilda Kichik Juz, 1731-1740-yillarda esa Katga Juz qozoqlarining aksariyati rus davlatining tobeligiga o'tadi. Bu Pyotr I orzu-armonlari ro'yobga chiqishining boshlanishi edi. Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishlari chor mustamlakachi ma'raurlarining Turkiston yerlarini egallash borasidagi bosqinchilik harakatlariga qulay shart-sharoitlar yaratdi. Ammo Yevropadagi davlatlar o'rtasidagi o'zaro vaziyatning tobora keskinlashib borishi chorizmning Turkistonga nisbatan bosqinchilik harakatlarining ma'lum muddatga orqaga cho'zilishiga sabab bo'ldi. Biroq tez orada chor qo'shinlari faol harbiy harakatlar boshlab, Qo'qon xonligining strategik qal'asi bo'lgan Oqmachit (hozirgi Qizil O'rda)ni -1853-yilning yozida, keyin esa Pishpakni 1860-yil kuzida bosib oldilar. 1861-1863-yillar davomida rus qo'shinlari Yangi Qo'rg'on, Din Qo'rg'on, Merka, Oqsuv, Pishtepa, Choldevor va qayta tiklangan Pishpak (hozirgi Beshkek) qal'alarini janglar bilan zabt etib, minglab gunohsiz kishilarni qirib tashlaydi. 1863-yil yozida esa polkovnik Chernyayev So'zoq qal'asini qo'lga kiritadi va uni tevarak-atrofidagi aholisi bilan birga «Rossiyaning mulki» deb e'lon qiladi. 1875-yilga kelib Qo'qon, Marg'ilon, Andijon, Namangan chor qo'shinlari tomonidan bosib olinadi. 1876-yilda Qo'qon xonligi tugatilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan Farg'ona viloyati tashkil qilindi. Download 22.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling