Chor rossiyasining istilosi va mustamlakachilik tizimining o'rnatilishi reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Turkiston general-gubernatorligida politsiya va sud organlari


Download 33.49 Kb.
bet5/6
Sana29.04.2023
Hajmi33.49 Kb.
#1401420
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ashurov Shoxzod

Turkiston general-gubernatorligida politsiya va sud organlari
Chorizmni, rus xalqparvarlari, «mirshablik podsholigi» deb atagani bejiz emas. Ana shu politsiya tuzumiga suyangan podsho hukumati Turkiston o'lkasi idorasini eng quyi bo'g'inidan oliy bo'g'inigacha o'z qo'lida tutgan. General-gubernatorning o'zi bosh mirshab vazifasini o'tagan. Hokimi mutlaq general-gubernator o'lkadagi istagan odamini, xoh o'zbek, xoh rus boiishidan qat'i nazar, imperiyaning chekkalariga 5 yil muddatgacha surgun qilishi huquqi qonunan mustahkamlangan edi. U harbiy bo'lmagan fuqarolar ustidan harbiy sudlar hukmini tasdiqlashdek ichki ishlar vaziri vakolatlarini ham o'z qo'lida jamlagan. Viloyatlarning harbiy gubernatorlari, tumanboshilar, qasaba pristavlari ham politsiya generallari va zobitlari vakolatlariga ega bo'lganlar. Bundan tashqari, o'lkada ichki ishlar vazirligining idoralari, uning vakillari ham shunga niuqobil tarzda ish ko'rishgan.
Turkiston shaharlarida polismeyster lavozimi joriy etilib, ularning huquqlari tumanboshilar huquqlari bilan barobarlashtirildi.
Toshkentda yangi va eski shahar polismeysterlari ish olib borgan. Ularga politsiya pristavlari bo'ysungan. Mahalliy ma'muriyat — volost boshqaruvchilari va oqsoqollar ham quyi mirshablik zobitlari vakolatlariga ega bo'lib, ularga yollangan mirshablar xizmat qilgan. Turkistondagi adliya boshqaruvida ham o'ziga xos mustamlakachi rnezonida ish tutildi.
1867-1886-yillar mobaynida o'lkada umumsaltanat rus sudlari va Xalq sudlari, ya'ni shariat asosida ish ko'ruvchi qozi sudlari faoliyat ko'rsatar edi. Rus sudlariga tuman sudlari, sud palatasi huquqidagi viloyatlar boshqarmalari, mirovoy sudyalar qurultoylari, harbiy sud komissiyalari kirgan. Tuman sudlari mulkdan mahrum etishga daxldor bo'lmagan jinoiy ishlar, davlat xazinasi manfaatlariga oid bo'lmagan 2000 so'mgacha miqdorda bo'lgan da'volarni ko'rishgan. Viloyatlar boshqarmalari esa tuman sudlari hukmlaridan shikoyatlarni, ularning ishlarini qayta ko'rish kabi masalalarni hal qilgan. Ular davlat vazifalarini bajarishdagi jinoyatlar, hokimiyatga qarshilik ko'rsatish, qaroqchilik, davlat mulkini o'g'irlash, soxta pul yasovchilarning ishlari kabi tuman sudlari vakolatlariga kirmagan ishlarni ham ko'rishgan. Marg'ilon, Samarqand, O'sh kabi shaharlarda faoliyat ko'rsatgan harbiy sud komissiyalari esa harbiy jinoyat ustaviga asoslanib, davlatga xiyonat, hokimiyatga qarshilik, pochta, telegrafga hujum, nasroniylarni o'ldirish, mansabdor shaxslarga nisbatan qotillik qilish, o'zga dindagilarni nasroniylikka o'tgani uchun ularni o'ldirishga oid ishlar, rus millatiga mansub kishilarning jinoyatlarini ko'rish bilan shug'ullangan.
Rasman «xalq sudlari» deb atalgan qoziyu quzzotlar shariat qonunlari asosida mahalliy o'troq va ko'chmanchi aholining fuqarolik va jinoiy ishlarini ko'rishgan. Lekin davlat ahamiyati kasb etadigan, shuningdek, siyosiy ishlar ularning vakolat doirasiga kirmagan.
1886-yilda tasdiqlangan «Turkiston o'lkasini boshqarish haqidagi Nizom» mavjud sud tartibini saqlab qolgan holda unga ayrim o'zgarti-rishlar kiritdi. Tuman sudlari bekor qilinib, ularning o'rniga murosa (mirovoy) sudlari joriy etildi. O'lkada viloyat sudlari tashkil qilinib, ularga mirovoy sudlar vazifalari yuklandi. Viloyat sudi avvalgi viloyat boshqarmalari ixtiyorida bo'lgan vakolatlarni oldi va murosa sudlari hal etuvchi masalalarni ko'rish huquqiga ham ega bo'ldi.
Viloyat prokurori va uning o'rindoshi, sud tergovchisi lavozimlari joriy qilindi. «Nizom» rasmiy ravishda sudning hokimiyatdan mustaqil bo'lishini qonunlashtirgan bo'lsa ham, amalda u bir butun hokimiyatni o'z qo'llarida tutgan harbiy ma'muriyatning kuchli ta'sirida qolaverdi. Imperiya sudlarida rus hokimiyatiga bevosita va bilvosita qarshi qaratilgan mahalliy aholi vakillari ishlari ko'rilgan. Ruslarga qarshi jinoyat qilgan o'zbeklar yoki ruslar bilan birga noqonuniy ishga qoi urgan o'zbeklarni shu sudlar jazolagan. Rus qishlog'i, shahar qismi va umuman ruslar istiqomat qilib turgan yerlarda jinoyat qilgan o'zbeklar imperiya sudida javobgarlikka tortilgan. Turli millatlarga mansub kishilarning jinoyatlari ham rus sudida ko'rilgan.
Turkiston o'lkasida uch turdagi «xalq sudlari» mavjud bo'lgan. Sirdaryo, Samarqand, Farg'ona va Yettisuv viloyatlarining o'troq aholisi uchun shariat, ko'chmanchilar uchun odat, ya'ni biy sudlari va Kaspiyorti viloyati uchun ulardan farqli maxsus «xalq» sudlari faoliyat ko'rsatgan.
1899 yilda bu vazifani bajarish uchun general-gubernator huzurida diplomatik ishlar bo’yicha amaldorlik lavozimini joriy qilindi. Mahkama ixtiyoriga Turkiston ommaviy kutubxonasi, Toshkent muzeyi, markaziy arxiv «Turkestanskiy vedovosti» gazetasi hamda bosmaxona berildi. Turkiston generalgubernatorligi markaziy bosh boshqarmasi tarkibida general-gubernatorga bo’ysunmaydigan markaz vakillari-adliya, moliya, ziroat va davlat mulklari vazirlik idoralari ham bo’lgan.
Rus mustamlakachilarining Turkistondagi asosiy tayanchi ma’muriy va majbur qiluvchi tashkilot-politsiya idorasi edi. U juda katta vakolatlarga ega edi. Bu idora mustamlakasilik qonun-qoidalariga amal qilishni nazorat ostiga olish, mahalliy xalq kayfiyatini va xatti-harakatlarini kuzatish, shubha ostiga olinganlarni qamash huquqlaridan keng foydalanishgan. General-gubernator Bosh mirshab vazifasini o’tardi. Mustamlakachilik ma’muriyatining muhim huquqiy organi-sud organlari hisoblangan. Sudlar ikki xil ko’rinishda bo’lib, sudlar va xalq sudlari bo’lgan. Birinchisi mustamlakachilik shaklida, ikkinchisi shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi bo’lgan.
Xalq sudlari ham asosan hamma jinoiy ishlarni ko’rishda mustamlakachi ma’murlar o’z foydalariga hal qilishgan. Oddiy mehnatkash xalq himoyasiz qolgan. 1886 yildagi «Nizom»ga ko’ra mavjud sud tartiblari saqlangan xolda unga ayrim o’zgartirishlar kiritildi. Tuman sudlari bekor qilindi. «Nizom»da sudlarni hokimiyat ta’siridan holi etish nazarda tutilgan bo’shishiga qaramay, sudlar butun hokimiyatni qo’lida to’plagan harbiy ma’muriyatning nazorati va ta’sirida bo’ldi.
Mustamlaka yillarida Turkiston mahalliy aholisi har tomonlama tahqirlana boshladi. Shaharlarda rus kvartiralari, xiyobonlar tashkil qilindi, biroq bu joylarga mahalliy aholining kelishi, xiyobonlarda sayr qilishi taqiqlandi. Bunday tahqirlanishdan asta-sekin xalq noroziligi kuchayib bordi. Mahalliy aholida rus ma’muriyatiga, Turkistonda olib borilayotgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi kayfiyat kuchayib, milliy-ozodlik harakat lari boshlanib ketdi.
Adabiyotda esa Muqimiy, Furqat, Avaz O’tar, Zavqiy, Sadriddin Ayniylar xalqlarning erki, ilm ma’rifati, chorizmga qarshi kurashish tuyg’ularini shakllantirish borasida ko’plab asarlar yaratdilar.
Xulosa qilib aytganda, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyo xonliklari taraqqiyotida tanazzul bo’lib, xalqlar o’z erki va ozodligidan mahrum etildi. Xalq ikkiyoqlama zulm ostida (mahalliy amaldorlar va chorizm) ezildi. Shunday sharoitda istiqlol g’oyasi o’rtaga tashlangan milliy ozodlik harakatlapri boshlanib ketdi. Bu kurashlar yillar davomida uzluksiz davom etdi.

Download 33.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling