Chor rossiyasining istilosi va mustamlakachilik tizimining o'rnatilishi reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Mustamlaka boshqaruv organlarining ta'sis qilinishi


Download 33.49 Kb.
bet4/6
Sana29.04.2023
Hajmi33.49 Kb.
#1401420
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ashurov Shoxzod

Mustamlaka boshqaruv organlarining ta'sis qilinishi
O'rta Osiyo istilosidan so'ng Rossiya, Pyotr I vasiyatini bajarib, jahonning eng yirik imperiyalaridan biriga aylandi.
Rossiya imperiyasi jahonning qudratli davlatlari Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya imperiyalari qatori katta mustamlakachi davlat bo'lib qoldi.
Turkiston ma'muriyati imperiyaning boshqa o'Ikalari boshqaruvidan o'zining keskin harbiylashgani bilan alohida ajralib turardi. Rossiya hukumatining Turkiston uchun 1865-1916-yillar davomida ishlab chiqqan va amalga tatbiq etilgan o'nta qonun loyihasi (1865, 1867, 1871, 1873, 1882, 1884, 1886, 1908, 1912, 1916)ga va uning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o'zgartirishlarda ana shu holat o'z aksini topgan.
O'lka boshqaruvi zo'ravonlikka asoslangan va u doimiy usul sifatida saqlanib kelgan.
Kaufman hukmronligi davrida Turkistonda general-gubernatorlik boshqaruvi uning jilovlanmagan istibdodi asosida amalga oshirilgan. Maxfiy maslahatchi F. Girs qayd etganidek, general-gubernatorning hokimiyati, qonun bo'yicha ish yuritilishini taqozo etgan bo'lsa-da, amalda, o'zi xohlagancha ish tutdi. General-gubernator o'lka hokimiyatining yagona boshqaruvchisiga aylangan edi. Hokimiyatni bir yo'la markazlashtirish oqibatida barcha ish qonun asosida emas, aksincha, general-gubernatorning ko'rsatmasi asosida amalga oshirildi.
Toshkent shahri qo'lga olinganidan (1865) keyin, mustamlaka sharoitidan kelib chiqqan holda, Sirdaryo hududi hamda 1864 va 1865-yillarda bosib olingan yerlar hisobiga, Orenburg general-gubernatoriga bo'ysundirilgan Turkiston viloyati tashkil etildi. Turkiston viloyatini boshqarish uchun 1865-yil 6-avgustda «Muvaqqat nizom» e'lon qilindi. Uning asosiy maqsadi, ruslarning yangi bosib olingan yerlarida, boshqaruvning umumiy asoslarini belgilash orqali, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash boigan. Joylarda butun hokimiyat harbiy boshliqning qo'lida bo'lgan, ma'muriy organlarga esa mahalliy xalq ustidan nazoratni o'rnatish vazifasi yuklatilgan.
Imperator tomonidan «Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizom» 1886-yil 12-iyunda tasdiqlandi.
«Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi nizom» bo'yicha Turkistonning viloyatlarga bo'linishi, harbiy vazir fikricha, aholining etnografik, maishiy va iqtisodiy shart-sharoitlarini o'rganish asosida emas, balki o'lkani bosib olish jarayoni bilan bog'liq holda amalga oshirildi. Shunday qilib, Turkiston o'lkasida Rossiya hukmronlik qilgan yillarda qonun loyihalari doimo to'ldirilib, o'zgartirilib turildi. Buning siri juda oddiy edi. Chor Rossiyasining qonun loyihalari Turkistonni Rossiya imperiyasining markazlashgan boshqaruvi tizimiga kiritib, uni rus burjuaziyasi va dvoryan-pomeshchiklar mulkiga aylantirishga qaratilgan edi.
Turkiston general-gubernatori o'z qo'lida harbiy va fuqaro hokimiyatini birlashtirgan. Bir vaqtning o'zida u podsho noibi, harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni, Yettisuv kazak qo'shinlari atamani, bosh mirshab, bosh prokuror vazifasini ham o'tagan. Unga Buxoro amiri va Xiva xdni ham bo'ysungan. General-gubernator vassallari bo'lmish Buxoro amirini Rossiya imperatori agentligi (1885-1917), Xiva xonini esa Amudaryo bo'limi (1873-1918) boshlig'i orqali nazorat qilgan. 1882-1884-yillarda Turkiston o'lkasidagi boshqaruvni atroflicha taftish qilgan markaz vakili -imperatorning maxfiy maslahatchisi F. Girs general-gubernatorning Rossiyadagi kasbdoshlaridan farqli o'laroq, Turkistonda mustabid hokim ekanligi, imperiya qonunchiligiga mutlaqo rioya qilmay, o'zicha qonunlar chiqargani va o'z maylicha hukm yuritganini e'tirof qilgan edi. Harbiy gubernatorlar, sud palatasi raisi, prokuror, okrug shtabi boshlig'i, general-gubernator yordamchisi, general-gubernator Kengashi o'lka boshqaruvining rhuhim masalalarini o'zlaricha hal qilgan.
Markaziy boshqaruvda general-gubernator mahkamasining ham ahamiyati beqiyos katta bo'lgan. Bosh boshqarmaning ijroiya organi bo'lgan general-gubernator mahkamasi dastlab to'rt bo'limdan iborat edi. Birinchi bo'lim ma'muriy va nazorat ishlarini boshqargan. Ikkinchisi bosh boshqarmaning moliyaviy-xo'jalik ishlariga qaragan. Uchinchi bo'lim esa soliqlar, shaharlar mablag'lari hamda boshqaruvga doir nizomlar loyihalarini tayyorlash bilan shug'ullangan. To'rtinchi bo'lim maxsus bo'lim bo'lib, uning faoliyat doirasi g'oyat keng va serqirra bo'lgan. 1886-yilgacha mustaqil ish ko'rgan bu bo'lim harbiy va adliya vazirlari ko'rsatmalariga xilof ravishda sud qarorlarini ham qayta ko'rish bilan shug'ullangan.
Rossiya imperiyasi guberniyalaridagi bironta tashkilot general-gubernator mahkamasidek cheklanmagan vakolatlarga ega bo'lmagan. Maxfiy maslahatchi Girsning so'zlariga qaraganda, Kaufmanning mahkamasi imperiya qonunlarini ham cheklovchi o'z qonunlarini chiqargan.
General-gubernatorning o'zi Afg'oniston va Qashg'ar masalalari bo'yicha shug'ullanuvchi elchilik bo'linmasini ham 1899-yilgacha boshqarib turgan. 1899-yildan esa bu vazifani bajarish uchun general-gubernator huzurida diplomatik ishlar bo'yicha maxsus lavozim joriy qilinadi. Turkiston ommaviy kutubxonasi, Toshkent muzeyi, markaziy arxiv, «Turkestanskiye vedomosti» gazetasi va bosmaxonasi ham mazkur mahkama ixtiyoriga berilgan edi.
General-gubernator bepoyon o'lka hayoti bilan asosan mahkama boshqaruvi orqali tanishib borgan. Shuning uchun ham bu idora o'lkaning ijtirnoiy-siyosiy hayotida hal qiluvchi rol o'ynagan.
Mahkama o'lka hokimi uchun axborotnoma, ma'ruza va ma'lumot-nomalar tayyorlar, general-gubernatorning shaxsiy manfaatlarini ko'zlab ish yuritar edi. Shuning uchun ham mahkama boshqaruvchisi general-gubernatorlikdagi eng nufuzli amaldorlar qatori yuksak mavqeda turgan.
Turkiston o'lkasi Markaziy Bosh boshqarmasi tarkibida general-gubernatorga bo'ysunmaydigan markaz vakillari - adliya, moliya, ziroat va davlat mulklari vazirliklari idoralari ham bo'lgan.
Turkiston general-gubernatorligi XX asr boshlariga kelib besh viloyatga bo'lindi: Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari. Ularni rus armiyasi generallaridan shaxsan podshoning o'zi tayinlaydigan harbiy gubernatorlar boshqargan. Ular harbiy va fuqaro hokimiyatini amalga oshirishgan. Harbiy sohada ular viloyatlardagi qo'shinlar (diviziya yoki korpus) qo'mondoni, fuqaro ishlarida esa gubernator huquqiga ega bo'lishgan. Barcha ma'muriy, politsiya va sud hokimiyati ham ularning izmida bo'lgan.
Harbiy gubernatorlar qoshida viloyat boshqarmalari bo'lib, ular guberniya boshqarmasi huquqlariga ega bo'lishgan. Viloyat ijtimoiy hayotining barcha masalalari shu boshqarmalarda ko'rilgan. Viloyatlar o'z navbatida tumanlarga (uyezdlarga) bo'linib, ularni tumanboshilar idora etishgan. Tumanlar Turkiston general-gubernatorligi ma'muriy tuzilmasining asosini tashkil etgan.
O'lkaning tub viloyatlari hisoblangan Sirdaryo, Farg'ona, Samarqanddan tashqari Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari ham shu asosda tumanlarga bo'linib idora qilingan. Har bir tuman o'z tarkibidagi shahar va qishloqlari bilan tuman hokimi - tumanboshiga bo'ysungan. Tumanboshi Rossiyadagi ispravnik, zemstvo boshlig'i, polismeyster, shahar boshqarmasi boshlig'i huquqlariga teng bo'lgan. Tumanboshi viloyat harbiy gubernatori tavsiyasi bilan bevosita gubernator tomonidan tayinlangan.
Turkiston o'lkasidagi tumanboshilarning Rossiyadagi hamkasblaridan farqli tomonlari shunda ediki, ular ma'muriy, politsiya va harbiy hokimiyatni o'zlarida birlashtirganlar.
Ular qo'l ostidagi aholidan istagan kishiga jarima solishlari va 7 kungacha qamab qo'yishlari mumkin bo'lgan.
Tumanboshilar rus armiyasi katta zobitlaridan, asosan mayor, rotmistrdan to polkovnik unvonigacha bo'lganlardan tayinlangan. Xalq ularni «hokim to'ra» deb atagan.
Tunianlar bir necha jabha (uchastka)larga bo'linib idora qilingan. jabhalarni kichik unvondagi (poruchik, shtabs-kapitan) harbiy zobitlar boshqarishgan. Ular jabha pristavlari nomi ostida «Turkiston o'lkasini boshqarish haqidagi nizom»da tilga olinadi. Imperator tomonidan 1886-yilda tasdiqlangan bu «Nizom»da qasaba pristavlariga mahalliy aholidan istalgan odamga jarima solish (5 so'mdan 10 so'mgacha) va 3 kungacha hibsda saqlab turish huquqi berilgan edi. Qasaba pristavlari «harbiy -xalq boshqaruvi»dagi harbiy bo'g'inning eng quyisi bo'lib, ularga «mahalliy o'z-o'zini boshqaruv», ya'ni «xalq boshqaruvi» amaldorlari _ volost boshqaruvchilari, qishloq oqsoqollari, yuzboshi hamda ellikboshilar bo'ysunishgan.
Turkistondagi mustamlaka idorasi 1898-yilgacha «harbiy-xalq boshqaruvi», undan keyin esa «ma'muriy-politsiya boshqaruvi» deb atalgan bo'lsa ham, uning mohiyati mazmunan o'zgarmadi. Barcha vakolatlar rus ma'muriyati qo'lida jamlanib, mustamlaka istibdodi yil sayin kuchayib bordi.

Download 33.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling