Choriyeva guljahonning


SAMARQAND SHAHRINING AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI


Download 1.03 Mb.
bet4/10
Sana23.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1386316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
guljahon uzz (Автосохраненный)

1.2. SAMARQAND SHAHRINING AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI
Samarqand shahri O‘zbekiston Respublikasining markazida, Zarafshon vodiysining o‘rta qismida qadimgi Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan hududda joylashgan bo‘lib, savdo-sotiq, hunarmanchlik, shaharsozlik kabi tarmoqlar rivojlangan. Mintaqa sharq va g‘arb mamlakatlari bilan savdo iqtisodiy munosabatlarni olib borishda qadimdan katta mavqega ega bo‘lib, qadimgi sivilisatsiyaning asosiy markazi bo‘lgan va hozirda bu hududda qadimgi shaharsozlik an’analari saqlanib qolgan. Biroq shahar tabiiy sharoitining turlicha ekanligi va tabiiy resuslarning notekis taqsimlanganligi, aholi manzilgohlarining qulay geografik o‘ringa ega bo‘lgan Zarafshon vodiysida joylashishiga zamin yaratgan.
Ko‘hna, noyob tarixiy obidalarga boy bo‘lgan Samarqand shahri markaziy shahar bo‘lib, u 1924-1930-yillarda O‘zbekiston poytaxti vazifasini ham bajargan. Shaharda qadimdan aholi gavjum bo‘lgan. Qadimdan “Sharq jannati” nomni olgan bu shahar Zarafshon daryosining chap sohilida joylashgan dunyodagi eng ko‘hna shaharlardan biridir. O‘z tarixiga ega bo‘lgan Samarqand o‘zning tarixiy obidalari va aholisning madaniyati bilan ham boshqa hududdan ajralib turadi. Hozirgi kunda ham Samarqand shahri nafaqat O‘zbekiston, balki O‘rta Osiyodagi eng yirik sanoat, fan va madaniyat markazidir.
Ushbu shahar o‘zining yuksak ijtimoiy-iqtisodiy, demografik salohiyatiga asoslangan holda respublikadagi yirik Samarqand aglomeratsiyasini shakllantiradi. Samarqand aholi soniga ko‘ra respublikamizning an’anaviy ikkinchi shahri va unung dastlabki poytaxti hisoblanadi. Hozirda aholi soniga ko‘ra (2022 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 550 ming kishi) Samarqand viloyatida 1-o`rinda o‘rinda turadi. Shundan kelib chiqib hududning aholisi soni kundan kunga ortib boryotganligini ko‘rishmiz munkin.
Samarqand tumanida 220,0, Pastdarg’omda 307,5 ming kishi yashaydi va h.k. Ushbu tumanlar respublikamizda demografik salohiyati eng yuksak qishloq tumanlari sirasiga kiradi (Jumladan, Urgut tumani bu borada еtakchi). Eng kam aholi soni esa asosan cho’l va tog’liklardan iborat Qo’shrabot (112 ming kishi) va Nurobod (130 ming kishi)da qayd etilgan. Viloyatda 2022- yilning yanvar-mart oylarida 24 265 bola tug‘ilgan va 2021- yilning shu davriga (21 428 bola tug‘ilgan) nisbatan 2 837 taga ko‘paydi, tug‘ilish koeffitsienti esa 24,4 promilleni tashkil qildi (2021- yil yanvar-martida 22,0 promille). Tug‘ilish koeffitsientining sezilarli darajada o‘sishi Qo‘shrabot (29,0 dan 32,8 promillega), Ishtixon (27,7 dan 30,7 promillega), Bulung‘ur (25,0 dan 27,6 promillega), Toyloq (27,7 dan 30,3 promillega) tumanlarida kuzatildi.Bu borada viloyat respublika o’rtacha ko’rsatkichlaridan ancha yuqori turadi. Tug’ilish darajasi tog’li hududlar - Urgut, Nurobod va Qo’shrabot tumanlarida katta, uning eng past ko’rsatkichi qishloq tumanlari ichida nisbatan urbanizatsiyalashgan Samarqand tumaniga to’g’ri keladi. Samarqand shahrining o’zida tug’ilish - 17,4; o’lim - 5,7 va tabiiy ko’payish - 11,7 %0 ga teng. Aholi sonining o’sishida migratsiyaning roli katta emas. 1997-2000- yillarda shahar va qishloq joylarning har biri o’rtacha bir yilda 3,0-3,7 ming kishidan «yutqazgan», ya’ni migratsiya qoldig’i salbiy bo’lgan. Eng so’nggi yillarda ham vaziyat deyarli shunday; 7 ta qishloq tumanlarida migratsiya natijasi salbiy, eng ko’p manfiy migratsiya qoldig’i Paxtachi va Payariq tumanlarida, ya’ni qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan, aholisi zich hududlarda 2013-yilda bu ko’rsatkich minus 3,7 va 2,4 promilleni tashkil qilgan. 2013-yilda viloyat bo’yicha, har 1000 kishiga, kelganlar 3,6 nafar, ketganlar - 4,2 va migratsiya qoldig’i minus 0,6 ga teng bo’lgan. Kelganlar soniga ko’ra Qo’shrabot (8,6 %o), Bulung’ir (6,0 %o) ajralib turadi. Samarqand shahrida bu ko’rsatkich 5,6, Kattaqo’rg’onda 5,9 promelle. Ayni vaqtda Narpay, Urgut, Paxtachi va Payariq tumanlariga kelganlar 1 promillega ham еtmaydi. Ketganlar Samarqand shahrida - 8,8, Kattaqo’rgonda - 9,5 %o. Urgutda esa eng past - 1,6 %o. Ijobiy migratsiya qoldig’i 2013-yilda Kattako’rg’on shahri, Qo’shrabot, Oqdaryo, va Tayloq tumanlarida ancha katta.
Eng yuqori salbiy daraja Paxtachi (minus 3,7 %o), Payariq (minus 2,4 %o) qishloq tumanlarida qayd etiladi. Samarqand shahrida migratsiya saldosi har ming kishiga minus 3,2 ga barobar. 2018 yilda viloyatga ko’chib kelganlar soni 12 017 kishini, ko’chib ketganlar 15 774 kishini, migratsiya saldosi -3757 nafar kishini tashkil etgan. Aholi zichligi o’rtacha 1 km maydonga 226,5 kishi (2019y) eng katta ko’rsatkich Toyloq qishloq tumanida (617), Samarqanda (459), Narpay (415) va Oqdaryoda (375 kishi). Samarqand va Tayloq tumanlarining ko’rsatkichi Farg’ona vodiysi qishloq tumanlariga o’xshab ketadi. Tog’oldi va cho’l mintaqalarining aholisi esa nihoyatda siyrak. Nurobod va Qushrabot tumanlari mintaqa hududining 40 foizini egallagan holda, ularda viloyat aholisining atigi 7,1 foizi yashaydi, xolos. 2018yilda viloyatda har ming aholiga tug’ilish koeffitsienti 26,3 promilleni, o’lim koeffitsienti 4,3 promille, tabiiy o’sish koeffitsienti 22,0 promilleni tashkil etgan. 2018 yilda viloyatda aholi tabiiy o’sishi 82655 kishini, migratsion o’sish -3 757 kishini, aholining umumiy o’sishi 78 898 nafarni tashkil etgan. Yil oxirida aholi soni 3 798917 nafar kishini tashkil qilgan.
Aholi-jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Aholisiz ishlab chiqarishning o‘zi ham, fan va texnikaning rivojlanishi va mavjudligi ham bo‘lishi mumkin emas. Shu bilan birga, aholi sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining, transportning va xizmat ko‘rsatish sohalarining asosiy iste’molchisidir. Shu sababli, aholining soni har bir shahar uchun muhim omil hisoblanadi. Shahardada aholi soni esa hududlar bo‘yicha notekis taqsimlanganligini ko‘rishimiz mumkin. Aholi sonining notekis taqsimlanishiga bir qancha omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bularga urbanizatsiya, iqlim, suv resurslari, еr resurslari, foydali qazilma konlari va ularning atrof muhitga ta’siri kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Samarqand shahri aholi soni bo‘yicha respublikada uchinchi oʻrinda va respublika aholisining 1,52 foizini tashkil etishini inobatga olsak, hududdagi aholini ish bilan ta’minlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Samarqand shahrining doimiy aholisi sonida shahar aholisi soni 100 foiz tashkil etadi. Bu o‘z navbatida shaharda yashovchi aholining turmush darajasini yuksaltirish kerakligini ko‘rsatib turibdi.
Aholi soni hamda yalpi sanoat mahsuloti bo‘yicha Samarqand shahri mamlakatimizda еtakchi o‘rinlardan birida turadi. Tog‘ tizmalari shimoldan esadigan sovuq havo oqimini birmuncha to‘sadi. Yog‘in ko‘proq (250–800 mm) yog‘adi. Sho‘rxok maydonlar deyarli yo‘q. Bo‘z va o‘tloq-allyuvial tuproqli еrlar kattagina maydonni tashkil etadi. Butun aholi sonida mehnatga yaroqli kishilar salmog‘i mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan kam bo‘lsa-da, lekin ishchi kuchlari iqtisodiyotni yuksaltirish uchun keragicha topiladi.
Tabiiy sharoit va xo‘jalik yuritishdagi tafovutlarga muvofiq aholi joylashuvida ham tafovut yaqqol ko‘zga tashlanadi. Inson faoliyati uchun eng qulay Zarafshon vodiysida aholi nihoyatda zich yashaydi. Bu еrlarda har bir kv. km ga 250 va undan ortiq kishi to‘g‘ri keladi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak Samarqand shahri aholisi va mehnat resurslari ko`p ya`ni shaharda bu bo`yicha muammo yuq.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling