Choriyeva guljahonning
- yil 1- aprel holatiga ko`ra Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari birlikda. (Samarqand shahrining ko`rsatgichi)
Download 1.03 Mb.
|
guljahon uzz (Автосохраненный)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat yuritayotgani shundan
- Jami 8 239 59
- Manba:www.samstat.uz
- Faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni, birlik (2022- yil 1- aprel holatiga) va unda Samarqand shahrining ko`rsatgichi.
- 1.4.SAMARQAND SHAHRINING TURIZM SALOHIYATI
2022- yil 1- aprel holatiga ko`ra Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari birlikda. (Samarqand shahrining ko`rsatgichi)
Toyloq 357 2 355 22Manba:www.samstat.uz Korxona va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil 1- aprel holatiga faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni 8 239 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 963 taga yoki 11,6 % ga oshdi. 2021- yilning yanvar-mart oylarida viloyatda 517 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilgan bo‘lib, ulardan 76 tasi Samarqand shahriga, 73 tasi Pastdarg‘om tumanida, 60 tasi Urgut tumanida va 43 tasi Samarqand tumanida ro‘yxatga olingan. 2-Rasm. Faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni, birlik (2022- yil 1- aprel holatiga) va unda Samarqand shahrining ko`rsatgichi. Manba:www.samstat.uz Viloyatda sanoat korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlarining jadallashishi natijasida 2022- yilning yanvar-mart oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 649,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 110,7 foizni tashkil etdi. Hisobot davrida 4 079,5 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2022- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 122,3 foizni tashkil etdi. 1.4.SAMARQAND SHAHRINING TURIZM SALOHIYATI Samarqand shahrida yangi turizm yoʻnalishlari va mahsulotlarini taqdim qilish doirasidagi ishlarga ustuvor eʼtibor qaratilmoqda. Sohada amalga oshirilayotgan yangi loyihalar natijasida joriy yilning oʻtgan besh oyida sayyohlar uchun qulaylik yaratish maqsadida jami 14 ta mehmonxona, 28 ta mehmon uylari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Turoperatorlar soni yana 10 nafarga koʻpaydi. Bu esa oʻtgan yilning shu davriga mos ravishda solishtirganda 1,8 barobarga yoki 175 foizga oshganini koʻrsatadi. Shuningdek, joriy yilning may oyida viloyatga 27 ming 146 nafar xorijiy va 330 ming 235 nafar mahalliy, jami 357 ming 381 nafar sayyohlarning tashrifi kuzatildi. Bu koʻrsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan 159 foizdan ortiqni tashkil etmoqda. Sayyohlarning hududda qolish kunlari 2021-yil bilan solishtirganda 2,6 kunga еtkazildi. Kunlik xarajatlari esa 120,0 AQSH dollaridan 152 AQSH dollariga oʻsdi. Kelgusida sayyohlarning viloyatda qolish kunlarini yana bir kunga uzaytirish orqali turizm xizmatlari eksportini yiliga qoʻshimcha 14 million AQSH dollariga koʻpaytirish mumkinligini inobatga olib, bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Sayyohlarning qolish davrlarini uzaytirish maqsadida joriy yilda 62 ta yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etiladi. Dunyo miqyosida turizmning ekstremal, gastronomik, taʼlim, sport, berd votching, tibbiyot, MICE, ziyorat, togʻ turizmi, eko va agroturizm, enoturizm kabi 63 turi mavjud boʻlsa, Samarqand viloyatida ularning deyarli barchasini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Ekstremal turizm yoki safar turizmi yoʻnalishida viloyatda bugungi kunda yangi 5 ta yoʻnalish tashkil etilgan boʻlib, bular Amir Temur gʻorigacha boʻlgan Samarqand-Taragʻay yoʻnalishida jami 22 km masofada, Alvastikoʻl-Sharshara yoʻnalishida boʻlgan Samarqand-Omonqoʻtan-Kitob-Ayaqchisoy yoʻnalishida 80 km masofada, Samarqand-Choʻnqaymish (Iso alayhissalomning taxti) yoʻnalishida 34 km masofada, dengiz sathidan 2 239 metr balandlikda boʻlgan Samarqand-Ohalik-Kengqoʻtan yoʻnalishida 14 km masofada, Samarqand-Sharshara yoʻnalishida 12 km masofaga ega ekstremal turizm yoʻnalishlari tashkil etildi. Mazkur yoʻnalishlarda ekstremal turizmning alpinizm, togʻ boʻylab piyoda yurish, velosipedda harakatlanish hamda spelio yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, Hazrati Dovud ziyoratgohiga tutash hududda loyiha miqdori 10 million AQSH dollari boʻlgan kanat yoʻli qurilmoqda. Ushbu loyihaning 8 gektar hududida turizm kompleksi ham tashkil etiladi. Orzu Maxmudov koʻchasi gastronomik turizm koʻchasiga aylantirilib, bu еrda 40 dan ortiq Fransiya, AQSH, Rossiya, Italiya, Turkiya va oʻzbek milliy taomlari tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish shoxobchalari ochilgan boʻlsa, bugungi kunda mazkur koʻchalar sonini yanada oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqildi. Bunda Islom Karimov koʻchasini shopping turizmi koʻchasiga, Bozorov koʻchasini pab strit koʻchasiga, Alisher Navoiy koʻchasini sanʼat va turizm koʻchasiga aylantirish va bu orqali tashrif buyuruvchi sayyohlarning viloyatda qolish davrlarini uzaytirish hamda yangi turizm yoʻnalishlarini joriy etish orqali xorijiy mehmonlar uchun qoʻshimcha turizm marshrutlari yaratilmoqda. Viloyatda tibbiyot turizmi yoʻnalishida ham imkoniyatlar juda yuqori. Ayniqsa, stomatologiya yoʻnalishida dunyoning boshqa mamlakatlari bilan solishtirganda narxlarning ancha arzonligi bu yoʻnalishda ishlarni tashkil etish uchun zamin yaratadi. Nurobod tumanida rodonli suv bilan davolashga ixtisoslashtirilgan sihatgohlarni birlashtirgan holda tibbiyot turizmi klasterini tashkil etish, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Ergash ota” sihatgohi faoliyatini yanada kengaytirish hisobiga qoʻshni mamlakatlardan tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Samarqand tumanida barpo etilayotgan «Intramed» sihatgohi ham chet el turistlariga moslashtirilyapti. 2021- yilning 18-mart kuni Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali tantanali ochildi. Yangi terminal doimiy reyslar sonini haftasiga 40 tadan 120 tagacha oshirish imkonini beradi, perronning modernizatsiya qilinishi natijasida aviaturargoh 24 tagacha havo kemasini sigʻdira olish darajasida kengaydi. Aeroportning yoʻnalish tarmogʻini kengaytirish rejasi 2030-yilga borib yoʻnalishlar sonini 30 taga еtkazishga qaratilgan. Masalan, 2019-yilda Samarqand aeroportidan 5 ta yoʻnalish boʻyicha aviaqatnovlar amalga oshirilar edi. Lufthansa Consulting xalqaro tahlillar tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan mustaqil oʻrganishlar ushbu aeroport orqali yoʻlovchi oqimining yiliga 480 000 kishidan 2 million kishiga ortishini koʻrsatmoqda. Islom dunyosidan ziyoratchilar tashrifini uyushtirish uchun Payariq tumanidagi «Imom al-Buxoriy» majmuasida qaytadan qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu еrda 10 ming oʻrinli masjid, 21 gektar maydonda ulugʻ ajdodlarimizning diniy merosi va moddiy madaniy meros obyektlarini aks ettiruvchi tematik xiyobon, 3 ta mehmonxona va 24 ta oilaviy mehmon uylaridan, shuningdek, 3000 nafar ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi “Halol” standartiga ega umumiy ovqatlanish korxonalaridan iborat ziyorat turizmi majmuasi barpo etilmoqda. Urgut tumanining Qoratepa suv ombori hududida ekoturizm yoʻnalishini rivojlantirish maqsadida yirik plyaj va choʻmilish havzalari, Kattaqoʻrgʻon suv ombori hududida 5 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan dam olish maskani va plyaj xizmatlari, shuningdek, viloyatda 21 ta qoʻshimcha turistlar uchun suzish va choʻmilish havzalari tashkil etilmoqda. Bularning barchasi Samarqandda turizm imkoniyatlari kengayib, u yanada istiqbolli sohaga aylanib borayotganidan dalolat beradi.3 Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling