Choriyeva guljahonning
TARQQIYOT STRATEGIYASI DOIRASIDA SAMARQAND SHAHRI TRANSPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI
Download 1.03 Mb.
|
guljahon uzz (Автосохраненный)
2.2.TARQQIYOT STRATEGIYASI DOIRASIDA SAMARQAND SHAHRI TRANSPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI
Mamlakatimizning Taraqqiyot strategiyasida Samarqand shahrini istiqbolda “millionlik shaharlar”ga aylantirish maqsadi belgilangan. Buning uchun joriy yilda shahar hududi 28 ming gektar qilib kengaytiriladi. Kelgusi besh yilda Qorasuv mavzesi, Shirin mahallasi va vokzal ortidagi hududda 300 ming aholiga mo‘ljallangan yangi uy-joylar barpo etiladi. Shuningdek, turistlar soni 5 million nafarga еtishi kutilmoqda. Bularning barchasi shaharning transport tizimi, yo‘llari va yo‘l infratuzilmasini yangidan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirda doimiy aholi va tumanlardan keluvchilarni qo‘shib hisoblaganda, Samarqand shahrida kuniga 925 ming kishi harakatlanadi. Ularning katta qismi – 592 ming nafari shaxsiy avtomobillarda yuribdi. Jamoat transportidan bor-yo‘g‘i 330 mingdan ziyod aholi foydalanayapti. Bunga sabab jamoat transporti qatnovi qulay va barqaror emas. Tashuvchilar aholining ehtiyojidan kelib chiqib emas, kunning “eng daromadli” paytida harakat qiladi. So‘nggi ikki yilda 38 ta marshrut norentabellik sababli to‘xtagan, 300 ta avtobus еtishmaydi. Shu bois davlatimiz rahbari Samarqand shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Taqdimotda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilindi. Unga ko‘ra, jamoat transporti tarmog‘i magistral, еtkazib beruvchi va ichki yo‘nalishlarga ajratiladi. Hozirgiga qo‘shimcha 40 ta yangi yo‘nalish, xususan, aeroport, vokzal va tarixiy markazlarni bog‘laydigan 5 ta ekspress yo‘nalish tashkil etiladi. Avtobuslar katta sig‘imlisiga almashtirilib, markaziy ko‘chalarda ularning harakati uchun alohida yo‘lak ajratiladi. 2022 yilda 80 ta, 2023 yilda 100 ta elektrobus olib kelinadi. Bekatlar soni ko‘paytiriladi. Samarqand shahar hokimligi tarkibida Transport bo‘limi tashkil etiladi. 1 iyuldan boshlab, Samarqand viloyati byudjetidan shahar transportiga subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi.5 Davlatimiz rahbari bu ishlarda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, yo‘l harakatini boshqarishni raqamlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Hayot tezlashdi, odamlarning faolligi oshdi. Lekin jamoat transporti avvalgiday turibdi. Yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi. Jamoat transportiga ustunlik berish kerak. Dunyo tajribasiga qaranglar. “Aqlli svetofor”lar o‘rnatib, yo‘l harakatini onlayn boshqarib, ko‘chalarning o‘tkazuvchanligini oshirish zarur. Kelgusida hamma shaharlarimizda shunday qilamiz. Samarqand bunda andoza bo‘lishi kerak, – dedi Prezident. Shu bois, loyihani mukammal qilish, yo‘nalishlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Loyihani jamoat transporti holati eng og‘ir bo‘lgan ko‘chalardan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Odamlar bu ishlarni qulayligidan sezishi kerak. Jamoat transportida yurish arzon, sifatli va tez bo‘lsa, yo‘lovchilar shuni tanlaydi. Buning uchun infratuzilmani, yo‘nalishlarni to‘g‘ri tashkil qilish kerak, – dedi davlatimiz rahbari. Pastdarg‘om va Bulung‘ur tumanlarini Samarqand shahri bilan bog‘laydigan elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. Yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash rejalari bo‘yicha ham axborot berildi. Bu yil Samarqand shahrida 160 kilometr yo‘l ta’mirlanadi, 5 ta yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlanadi. 102 ta yangi bekat tashkil qilinib, mavjudlari tartibga keltiriladi. Davlatimiz rahbari yo‘llar qurish va ta’mirlash bilan birga ularni sifatli saqlash ham zarurligini ta’kidladi. Biz ko‘p yo‘l qurdik, lekin uning ekspluatatsiyasi bilan aytarli shug‘ullanilmadi. Yo‘llarning balansi, foydalanish muddatining tahlili yo‘q. Sarflanayotgan mablag‘ maqsadli emas. Ba’zan yo‘l ustiga yana yo‘l quriladi. Shuning uchun qayerga yo‘l qurish, qaysini ta’mirlashni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati aytishi kerak. Chunki ko‘chalardagi tirbandlik, xavfsizlik shunga bog‘liq, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari hududiy ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari huzuriga o‘tkazildi. Taqdimotda Samarqand viloyati maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar ham ko‘rib chiqildi. Samarqand shahridagi 49 ta chorrahada “transport oqimini raqamli boshqarish” tizimi joriy etilishi, 140 ta chorrahaga zamonaviy svetoforlar o‘rnatilishi, markaziy ko‘chalar zamonaviy yo‘l belgilari bilan jihozlanishi qayd etildi. Natijada svetoforda turish vaqti 31 foizga, harakat vaqti 36 foizga, harakat tezligi 17 foizga yaxshilanadi. Yo‘l quruvchi tashkilotlar va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini o‘qitish, malakasi va dunyoqarashini oshirish, tanlov asosida ishga olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo`lsak so`ngi yillarda yurtimizda bo`layotgam keng qamrovli islohatlar, ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishlar bo`lyotganini hamma kuzatib bormoqda. Xususan hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari keng va jadal rivojlanmoqda, jumladan bu rivojlanish va taraqqiyot Samarqand shahrini ham chetlab o`tkani yoq` Aksincha Samarqand shahri Respublikamiz iqtosodiy va ijtimoiy saholari jihatidan oldingi o`rinlarga chiqish uchun harakat qilib kelmoqda. Samarqand shahri qadimdan davlatlarning poytaxti bo`lganiligi, uning qulay transport tugunida joylashgani uning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining asosi bo`lgan desak mubolog`a bo`lmaydi. Shuni ham alohida aytish kerakki Smarqand shahri nafaqat O`zbekistonnning balki jahon hamjamiyatida ko`zga ko`ringan shaharlardan hisoblandi. Bunga sabab Samarqandning turizm salohiyati va transport salohiyati va O`zbekistonning markaziy qismida joylashgani hamda uning qulay IGO` ga egaligi asos bo`lgan deb o`ylayman. Bundan tashqari har ikki yilda bir marta o`tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro festivalida dunyoning ko`plab davlatlaridan mehmonlar tashrif buyurishadi, bu ham Samarqandning Dunyo shaharlari orasidagi reytingini ko`taradi desak mubolag`a bo`lmaydi. Samarqand shahrida ShHTning Va TTDT (Turkiy tilli davlatlar Tashkilotining) sammiti 2022-yil sentabr oyida aynan Samarqand shahrida bo`lgani bejiz emas. Bu sammitlarning Samarqandda bo`lgani shaharning yutug`i hisoblanadi, chunki ko`plab davlatlar rahbarlari va delegatsiyalarining kelishi turli ommaviy axborot vositalarinig kelishi Samarqand shahrining obro`sini yanada oshirishga xizmat qiladi. Jumladan Respublikamizda qabul qilingan va 2022-2026-yillarga mo`ljallangan “Taraqqiyot Strategiyasida” ham Samarqand shahrini ishtimoiy iqtisdoiy rivojlantirish va Samarqand shahrini aholisi 1 mln ga еtkazish va Samarqand shahar hokimligini tashkil qilib uni respublikaga bo`ysunuvchi shahar moqomini berish rejalashtirilgan. Bu yaxshi albatta bu maqom Samarqanda shahrini har tamonlama rivojlantirish imkoniyatini beradi, va rivojlanish bo`yicha mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahridek rivojlanish darajasiga еtadi. Lekin Samarqand shahri hozir rivojlanish bo`yicha Toshkent shahriga ancha yaqinlashib qolgan. Samarqand shahrida ham yaqin yillarda metropolitan qurish hamda shahar transportining takomillashtirish va rivojlantirish chora –tadbirlari belgilangan bo`lib yaqin yillarda ishga tushadi. Shunday qilib Samarqand shahri respublikamizdagi rivojlangan shahralardan biri hisoblanadi va yaqin kelajakda Samarqand dunyodagi eng rivojlangan shahharlardan biriga aylanishi ham mumkundir deb so`zimizga yakun yasaymiz. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling