Namangan viloyatini sanoati


Download 0.77 Mb.
Sana29.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1308065
Bog'liq
Soliyev Abdug\'ani 14BU-20

NAMANGAN VILOYATI SANOATI. .

Soliyev Abdug’ani

Namangan viloyatining 2022 yil I yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari


2022– yilning 1- may holatiga Namangan viloyati bo‘yicha 7 290 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 392 taga ko‘paygan. Viloyat bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxonlarning 2 762 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 37,9 % i) Namangan shahriga, 552 tasi (7,6 %) Uychi tumaniga, 551 tasi (7,6 %) Kosonsoy tumaniga, 543 tasi (7,4 %) Namangan tumaniga, 528 tasi (7,2 %) Chust tumaniga, 472 tasi (6,5 %) To‘raqo‘rg‘on tumaniga to‘gri kelmoqda.

Namangan viloyatida 7 754,3 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,6%ni tashkil etgan. Viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 2632,9 ming so‘mni tashkil qilgan. Viloyat sanoat mahsulotlari tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi – 0,4% (23,3 mlrd.so‘m), ishlab chiqariladigan sanoatning ulushi – 79,1% (6 134,9 mlrd.so‘m), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi – 19,8% (1 532,1 mlrd.so‘m), suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi – 0,8% (63,9 mlrd.so‘m)ni tashkil qilgan. Viloyatda sanoat mahsulotlarining 57,6% viloyatning 2 ta hududi, jumladan, Namangan shahri (36,1%) va To‘raqo‘rg‘on (21,5%) tumaniga to‘g‘ri keladi.

  • Namangan viloyatida 7 754,3 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,6%ni tashkil etgan. Viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 2632,9 ming so‘mni tashkil qilgan. Viloyat sanoat mahsulotlari tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi – 0,4% (23,3 mlrd.so‘m), ishlab chiqariladigan sanoatning ulushi – 79,1% (6 134,9 mlrd.so‘m), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi – 19,8% (1 532,1 mlrd.so‘m), suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi – 0,8% (63,9 mlrd.so‘m)ni tashkil qilgan. Viloyatda sanoat mahsulotlarining 57,6% viloyatning 2 ta hududi, jumladan, Namangan shahri (36,1%) va To‘raqo‘rg‘on (21,5%) tumaniga to‘g‘ri keladi.

Sanoat mahsulotlari hajmida tuman(shahar)larning ulushi (%)

Namangan shahrida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi (2 796,6 mlrd.so‘m) tashkil qilgan. Chust (8,2% ), Uchqo‘rg‘on (6,3%), Uychi (6%) va Namangan(5%) tumanlarining viloyat sanoat mahsulotlari hajmida ulushi o‘rtacha hisoblanadi. Viloyat sanoat mahsulotlari hajmida past ko‘rsatkichli tumanlar esa Chortoq (1,9%), Yangiqo‘rg‘on (1,5%) va Norin (1,5%) tumanlari hisoblanadi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat mahsulotlari hajmining o‘sish sur’ati Yangiqo‘rg‘on (20,1%) Chust (16,0%), Chortoq (12,2%) tumanlarida eng yuqori ko‘rsatkichni, Mingbuloq tumani (1,2%) va Namangan shahri (-4,7%)da eng past ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 27,4% to‘qimachilik mahsulotlari, 19,8% elektr energiyasi, gaz, bug‘ va konditsiyalangan havo, 16,9% oziq-ovqat mahsulotlari hamda 10,4 kiyim mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.

  • Namangan shahrida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi (2 796,6 mlrd.so‘m) tashkil qilgan. Chust (8,2% ), Uchqo‘rg‘on (6,3%), Uychi (6%) va Namangan(5%) tumanlarining viloyat sanoat mahsulotlari hajmida ulushi o‘rtacha hisoblanadi. Viloyat sanoat mahsulotlari hajmida past ko‘rsatkichli tumanlar esa Chortoq (1,9%), Yangiqo‘rg‘on (1,5%) va Norin (1,5%) tumanlari hisoblanadi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat mahsulotlari hajmining o‘sish sur’ati Yangiqo‘rg‘on (20,1%) Chust (16,0%), Chortoq (12,2%) tumanlarida eng yuqori ko‘rsatkichni, Mingbuloq tumani (1,2%) va Namangan shahri (-4,7%)da eng past ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 27,4% to‘qimachilik mahsulotlari, 19,8% elektr energiyasi, gaz, bug‘ va konditsiyalangan havo, 16,9% oziq-ovqat mahsulotlari hamda 10,4 kiyim mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.

Viloyatda yirik korxonalar tomonidan paxta tolasi ishlab chiqarish hajmi 12 117,2 tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 56,6%ga pasayish kuzatilgan. Sanoat mahsulotlarining tarmoqlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich ishlab chiqaruvchi sanoat mahsulotlariga to‘g‘ri kelib, viloyat sanoatidagi ulushi 79,1%ni tashkil qiladi. Eng past sanoatdagi ulush esa boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish (437,1 mln so‘m)ga to‘g‘ri keladi. Sanoat sohalari bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatda eng yuqori o‘sish sur’ati mashina va uskunalardna tashqari tayyor metall buyumlar (170,1%), eng past ko‘rsatkich foydali qazilmalar qazib olish (-77,3%)ga to‘g‘ri kelgan.

E'tiboringiz uchun rahmat.

  • E'tiboringiz uchun rahmat.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling