Choriyeva guljahonning


Download 1.03 Mb.
bet3/10
Sana23.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1386316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
guljahon uzz (Автосохраненный)

Kurs ishining vazifalari: Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat.

  1. Samarqand shahrining ijtimoiy-iqtisodiy holatini or’ganish.

  2. Samarqand shahrining aholis va mehnat resurslarini o’rganish.

  3. Samarqand shahrining sanoati va ijtimoiy sohalarini o’rganish.

  4. Kurs ishining tuzi


I.BOB.SAMARQAND SHAHRINING IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIFI.
1.1.SAMARQAND SHAHRINING GEOGRAFIK O`RNI VA TABIIY SHAROITI
Samarqand-Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 1925-1930-yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent-Dushanbe, Toshkent-Turkmanboshi, Toshkent-Uchquduq-Qoʻngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent-Termiz yoʻli) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40—42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorat -26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519600 ming kishi (2016). Samarqand shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud. 2022-yilning 15-16-sentabr kunlari ShHTga aʼzo davlat rahbarlarining tartib boʻyicha 22-yigʻilish boʻlgan Samarqand sammiti boʻlib oʻtgan.

1-Rasm.Samarqand viloyatining siyosiy xaritasi.
Manba:Samarqand viloyatining o`lkashunoslik atlasi. T-2016
Samarqand viloyati qulay geografik o’rinda, respublikamizning markaziy qismida joylashgan. U g’arb va shimoli -g’arbda Navoiy, shimoli-sharqda Jizzax janubda Qashqadaryo viloyatlari bilan, janubi sharqda qisqa masofada Tojikiston Respublikasining So’g’d (Panjakent rayoni) viloyati bilan chegaradosh. Bugungi Samarqand viloyati qo’shni viloyatlarning to’tash rayonlari bilan ham azaldan bog’liq (Jizzax viloyatining G’allaorol va Baxmal, Navoiy viloyatining Nurota va Xatirchi, Qashqadaryoning Kitob va Shahrisabz tumanlari).Yer usti tuzilishi, asosan, balandlik, tog’oldi va tog’liklardan tashkil topgan. Nisbatan pastqam joylar Kattaqo’rg’on shahridan g’arbroqda hamda chekka janubi-g’arbda bor (Qarnob cho’li). Viloyatning eng baland nuqtalari 2000 -2100 metrga еtadi. Ular Zarafshon va Nurota tizmalarida, Urgut hamda Qo’shrabot tumanlarining eng chekka qismlarida qad ko’targan
Shuningdek, viloyat orografiyasida Oqtov, Qaroqchitog’, G’ubdintov kabi tog’ tizmalar, Paxtachi tumanining o’rtasida Qarnob cho’li atrofida 1000 -1100 metr balandliklar ham ko’zga tashlanadi. Umuman olganda, Samarqand viloyatining sharqiy qismida joylashgan Bulung’ir va Jomboy, markazidagi Samarqand, Toyloq, Oqdaryo, Pastdarg’om, Payariq hamda uning g’arbiy qismidagi Ishtixon, Kattaqo’rg’on, Paxtachi va Narpay tumanlari, demak, mintaqa tumanlarining ko’pchiligi asosan tekisliklardan (vohalardan) tashkil topgan. Bu tekislik janubi -sharqdan shimoli-g’arb yo’nalishida, ya’ni ushbu tarixiy-geografik mintaqaning o’ziga xos o’zagi, ijtimoiy-iqtisodiy “yo’lagi” hisoblangan Zarafshon daryosi sohillari bo’ylab nishablikka ega. Qolgan qismi, aniqrog’i Urgut, Qo’shrabot va Nurobod tumanlarini tog’ va tog’oldi, cho’l hududlariga kiritish mumkin.[6]
va Jomboy, markazidagi Samarqand, Toyloq, Oqdaryo, Pastdarg’om, Payariq hamda uning g’arbiy qismidagi Ishtixon, Kattaqo’rg’on, Paxtachi va Narpay tumanlari, demak, mintaqa tumanlarining ko’pchiligi asosan tekisliklardan (vohalardan) tashkil topgan. Bu tekislik janubi-sharqdan shimolig’arb yunalishida, ya’ni ushbu tarixiy-geografik mintaqaning o’ziga xos o’zagi, ijtimoiy-iqtisodiy “yo’lagi” hisoblangan Zarafshon daryosi sohillari bo’ylab nishablikka ega. Qolgan qismi, aniqrogi Urgut, Qo’shrabot va Nurobod tumanlarini tog’ va tog’oldi, cho’l hududlariga kiritish mumkin.
Samarqand viloyati respublikamizda eng birinchilar qatorida tashkil etilgan. U 1938-yil 15-yanvarda ushbu ma’muriy maqomni olgan. Maydoni 16,8 ming kv.km yoki O’zbekiston hududining 3,7 foiziga teng.
Viloyat Zarafshon vodiysida, Zarafshon daryosini o‘rta qismida joylashgan, u vodiyni sug‘orishda va aholi joylashuvida hamda qadim zamonlarda aholi punktlari paydo bo‘lishda asosiy ro‘l o‘ynaydi. Zarafshonning doiymiy suv zahiralariga ega bo‘lgan irmoqlari deyarli yo‘q. Samarqanddan yuqoriroqda, Tojikiston Respublikasining Panjakent tumaniga qo‘shni joyda, Zarafshonning tog‘ oraliqlaridan boshlanadi. Ulardan eng muhimi qadimgi Darg‘om hisoblanadi, aynan ana shu kanaldan eski Anhor kanali suv oladi va u Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanini ham sug‘oradi. Kattaqo‘rg‘on, Oqdaryo, Tusunsoy suv omborlari, Narpay, Bulung‘ur kanallari, Beshariq arig‘i ham dehqonchilik rivoj topgan hududlarni suv bilan taminlaydi. Shu o‘rinda takidlash joizki, viloyat iqtisodiyotini shakillanishida mineral resurslarga ko‘ra agroiqlimiy sharoitning ro‘li katta. Shuningdek, bu еrda turizm va rekreatsiya resurslari mavjud bo‘lib, ularning ahamiyati ham sezilarli darajada yuqoridir. Rekreatsiya resurslari, xususan tog‘ etaklarida, soy bo‘ylarida juda ko‘p va ulardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Ekoturizm nuqtaiy nazardan g‘orlar, Urgut chinor va buloqlari diqqatga sazovar joylar hisoblanadi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling