Choriyeva guljahonning


SAMARQAND SHAHRINING SANOATI VA IJTIMOIY SOHALARI


Download 1.03 Mb.
bet5/10
Sana23.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1386316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
guljahon uzz (Автосохраненный)

1.3. SAMARQAND SHAHRINING SANOATI VA IJTIMOIY SOHALARI
Mustaqillik yillarida Samarqandda sanoat korxonalari qayta jihozlandi. Ularda bozor talabiga mos mahsulotlar ishlab chiqarish amalga oshirildi. Sanoatning asosiy qismi xususiylashtirildi. Aksariyat yirik, oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi.
Koʻplab qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Samarqand viloyatidagi mulkchilikning barcha turiga oid 135 yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi Samarqandda joylashgan. Bular „SamKochAvto“ (avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqariladi), „Alpomish“ (traktorlar, gilzaporshenlar), „Tajribamexanika“ (parmalash uskunalari), „Kinap“ (kinoapparatura), avtomobillar uchun elektrotexnika asbobuskunalari zavodlari, uyroʻzgʻor sovitkichlari korxonasi, superfosfat, ammofos oʻgʻitlari, sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan superfosfat zavodi, liftsozlik, marmar taxtalar, gʻisht, asfaltbeton zavodlaridir.
Shahardagi еngil sanoat korxonalaridan pillakashlik, shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal fabikalari, chinni zavodi faoliyat koʻrsatadi. Oziqovqat sanoatida: universitetegirmon, makaron, choy qadoqdash, sutmoy, mevakonserva, vino, pivo, spirtaraq va alkogolem ichimliklar, qandolat shirinliklari ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud.
Samarqand viloyatida mustaqillik yillarida qurilgan qoʻshma korxonalarning asosiy qismi Samarqandda joylashgan. Bular: Oʻzbekiston—Turkiya „SamKochAvto“, Oʻzbekistan-Amerika-Angliya „UzBAT“, Oʻzbekiston—Chexiya „Praga“ (mineral suv qadoklash), Oʻzbekiston—Latviya „Bravosut“ qoʻshma korxonalari va boshqa Shahar korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aksari qismi chet ellarga eksport qilinmoqda. Shaharda minglab kichik va oʻrta biznes subʼyektlari, xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor. Samarqandda 25 dan ziyod yoʻnalishda avtobuslar qatnaydi. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shahar Toshkent xalqaro aeroporti avialiniyalari orqali Respublika viloyatlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. 2003-yil 30-dekabrdan yoʻlovchilar tashuvchi Toshkent - Samarqand elektr poyezdi ishga tushirildi.Samarqandda 7 ta oliy taʼlim muassasasi bor. Samarqanddagi oliy taʼlim maskanlari (unt, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot va servis, meʼmorlik, qurilish va xorijiy tillar institutlari)da 19,1 ming talaba oʻqiydi. 2002-2003 taʼlim yilida shahardagi 36 ta oʻrta maxsus bilim yurti, kollej, akademik litsey va internat maktablarida 25,7 ming, 67 umumiy taʼlim maktabida 76,7 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi.
2021-yil 8-13-aprel kunlari Finlandiya delegasiyasining Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtgan. Tashrif davomida Oʻzbekiston-Finlandiya taʼlim transformasiyasi boʻyicha onlayn uchrashuv boʻlib oʻtgan. Unga koʻra, Samarqand davlat universiteti va Finlandiyaning Turku universiteti oʻrtasida memorandum imzolangan va Samarqand davlat universiteti qoshida oʻzbek-fin pedagogika instituti tashkil etilishi aytilgan. 2025-yilga qadar Finlandiya bilan hamkorlikda tuziladigan taʼlim loyihalariga jalb etiladigan talabalar soni 10 000 nafarga еtkazilishi moʻljallangan.
Shahar respublikaning asosiy fan markazlaridan biri. Samarqandda pedagogika akademiyasi asosida tashkil topgan SamDU katta mavqega ega. Qorakoʻlchilik, Isayev nomidagi parazitologiya va gelmintologiya (1925), Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik, arxeologiya ilmiy tadqiqot institutlari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand boʻlimi turli yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Samarqandda 4 ommaviy kutubxona, 2 ta kinoteatr, Samarqand badiiy muzeyqoʻriqxonasi, 3 teatr (Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati oʻzbek davlat musikali drama teatri, A. P. Chexov nomidagi rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri), shahar telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi. „Samarqand“ gaz. chiqadi. Shaharda 1566 oʻrinli 11 kasalxona, 348 statsionarda 1561 malakali vrachlar xizmat koʻrsatadilar. Choʻponota tepaligi yonida dam olish uyi, Markaziy, Soʻgʻdiyona madaniyat va istirohat bogʻlari, bolalar „Afsona“ akvaparki, koʻplab stadion, tennis kortlari, „Delfin“ suzish majmui bor.
Samarqand zaminida mashhur donishmandlar, allomalar voyaga еtgan, jumladan, Ulugʻbek Samarqandda munajjimlar maktabiga asos soldi, Madrasa va rasadxonalar qurdi. Uning atrofida butun bir ilmiy maskan — Ulugʻbek akademiyasi tarkib topdi. Bu akademiyada Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi mashhur olimlar еtishib chiqdi. Ulugʻbek akademiyasida amalga oshirilgan ishlar jahon fan olamida tan olindi.
XVI-XVII-asrlarda Samarqandda Miram Chalabiy, Mullo Abdulali Nazmuddin ibn Muhammad ibn Husayn Birichandiy, Amir Akbar Samarqandiy, Doʻstiy Samarqandiy, Koshifiy Samarqandiy, Mir Jaloliddin Xorazmiy, Mavlono Abdulxayr Samarqandiy va hokazo koʻplab fan va madaniyatning mashhur namoyandalari ijod etganlar.
Samarqand shahrida hozirgi kunda xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar oʻtkazilmoqda. Ayniqsa, „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivalining Samarqandda oʻtkazilishi muhim ahamiyatga egadir.
Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos oʻrni, samarqandliklarning asrlar davomida milliy fan va madaniyatimizni rivojlantirishga qoʻshgan buyuk hissasining eʼtirofi sifatida Samarqand „Amir Temur“ ordeni bilan mukofotlandi (1996-yil 28-avgust). Ordenni 1996-yil 18-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov topshirdi.
Samarqand shahri (Toshkentdan 354 km uzoqlikda) eramizdan avvalgi VII asrda tashkil topgan. U oʻzining deyarli 3 ming yillik tarixiy yodgorliklariga ega va Temuriylar sulolasi boshqaruvi davriga tegishli arxitektura yodgorliklari qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya va Rimdagi arxitektura durdonalari singari katta ahamiyatga egadir. Samarqand shahrining umumiy maydoni — 120 km². Shahar hududi Samarqand tumani bilan oʻralgan. Samarqand ushbu tuman hududiga kirmaydi va viloyatga boʻysunuvchi shahar va Samarqand viloyati maʼmuriy markazi maqomiga ega.
Hozirgi payta Samarqand shahri ichki maʼmuriy-hududiy boʻlinuvga ega emas (mahallalarni hisobga olmaganda). Shahar hududini maʼmuriy tumanlarga boʻlish, ilk bor 1939-yilda amalga oshirilgan edi. Oʻsha yilning 10-fevral kuni Samarqand shahri hududi uch maʼmuriy tumanga: Bogʻi-Shamol (ruscha: Баги-Шамальский), Jeleznodorojniy (ruscha: Железнодорожный) va Siyob (ruscha: Сиабский) tumanlariga boʻlindi. Bogʻi-Shamol tumani shaharning markaziy qismini, Jeleznodorojniy tumani shaharning gʻarbiy qismini, Siyob tumani esa shaharning sharqiy qismini, Samarqandning tarixiy markazini egallar edi. 1950-yillarda ushbu tumanlar bekor qilindi. 1976-yilda ushbu tumanlar qaytadan tashkil etildi. Qayta tashkil etilgan tumanlarning faqat bittasining nomi oʻzgartirildi: Bogʻi-Shamol tumani — Bogʻishamol tumaniga. 1990-yillarda Jeleznodorojniy tumanining nomi Temiryoʻl tumaniga oʻzgartirildi. 2003-yilning oxirida Samarqand shahrining barcha uch tumani bekor qilishi haqida qaror qabul qilindi va 2004-yilning 1-yanvarida ushbu tumanlar bekor qilindi.2
Samarqand shahri (Toshkentdan 354 km uzoqlikda) eramizdan avvalgi VII asrda tashkil topgan. Samarqand shahrining shimoliy qismida xalqaro aeroport mavjud. Samarqand Xalqaro aeroporti yirikligi boʻyicha Oʻzbekistonning ikkinchi aeroportidir (Toshkent xalqaro aeroportidan keyin). Aeroportdan mamlakatimizning Toshkent, Buxoro, UrganchNukusFargʻona shaharlariga, chet el mamlakatlari shaharlaridan Rossiyaning MoskvaSankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Ukrainaning Kiyev shaharlariga parvozlar amalga oshiriladi. Samarqand shahrida Oʻzbekistonning eng yirik temir yoʻl stansiyalaridan biri joylashgan. — Samarqand vokzali 1924-yilning noyabr oyidan 1930-yilga qadar Samarqand shahrida bugʻli tramvay harakatlanar edi. 1947-yilning may oyida shaharda elektrli tramvay liniyasi ochildi. Ushbu tramvay liniyasi 1973-yilning avgust oyigacha shahar aholisi va mehmonlariga xizmat qildi. 1957-yilda Samarqandda trolleybus liniyalari ochildi. Trolleybus qatnoviga 2005-yilda barham berildi. SSSR paytida shaharda shuningdek avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi. Hozirgi paytda Samarqand shahrida jamoat transportidan avtobuslar, marshrutli taksilar, davlat va xususiy taksi xizmatlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. 2016-yilning oxirida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqandda yangitdan tramvay liniyalari qurilishi boshlandi. Shaharda metropoliten qurish rejalari mavjud.

1-Jadval


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling